Ozbekistonning Konstitutsiya va Mustaqil Davlat Ramzlari

konstitutsiya mustaqil davlat ramzlari Konstitutsiya

Konstitutsiya va Mustaqil davlat ramzlari

Konstitutsiya mustaqil davlat ramzlari: Harqanday mustaqil davlatning muhim belgilari jumlasiga uning timsoliy ramzlari ham kiradi. Xo‘sh, ramz nima degani? Ramzlar, bu – shartli belgilar bo‘lib, ular qadim zamonlardayoq turli xalqlarda u yoki bu hodisa, olam, mavjudot, odamlar tasvirini ifodalagan. Ramzlar bevosita xalq, millat hayoti, an’analari, ruhiyati, xalq og‘zaki ijodi (folklori), tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir.

Davlat ramzlari – bu mustaqil davlatning muhim tashqi belgilarini o‘zida mujassamlantiradi. Davlat ramzlarida xalqning azaliy orzusi, ezgu niyatlari, bugungi hayotining mazmun-mohiyati aks etadi. Davlat ramzlariga nimalar kiradi? Sobiq sovetlar davrida davlat ramzlariga, asosan, bayroq, gerb va madhiya kiritilar edi. Fikrimizcha, davlat ramzlari bular bilan cheklanmaydi.

Bu qiziq Dunyo Konstitutsiya: Barkarorlik Va Rivojlanish

Mustaqil Ozbekistonning  davlat ramzlariga quyidagilar kiradi:

Birinchi ramz – mustaqil ӯzbek davlatining nomi. Konstitutsiyamizning 1-moddasida: «Davlatning «O‘zbekiston Respublikasi» va «O‘zbekiston» degan nomlari bir ma’noni anglatadi»2, deb yozib qo‘yilgan. Har bir insonning boshqalardan farqlanuvchi muhim jihatlaridan biri uning ism-sharifi bo‘lganidek, har qanday davlatning ham nomi uning ajralmas tashqi belgilaridandir.

Mustaqil ӯzbek davlatining nomi xalqaro shartnomalarda, davlat organlarining muhrlarida, xizmat hujjatlari va guvohnomalarda ifodalanadi.

Ikkinchi ramz – mustaqil Ozbekistonning  Konstitutsiyasi. O‘zbekiston xalqining istiqlolga erishganligi uning mustaqillik Qomusi bo‘lmish Konstitutsiyasida mustahkamlangan. Konstitutsiya dunyo siyosiy xaritasida yangi demokratik davlat – O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘lganligini aks ettiradi. Konstitutsiya xalqning ӯzini ӯzi boshqarish, erkinlik va ijtimoiӣ adolat, insonparvar davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish to‘g‘risidagi azaliy orzusini ifodalagan. Konstitutsiyada mustaqil ӯzbek davlatining mohiyati, siyosiӣ, iqtisodiӣ, ijtimoiӣ va huquqiӣ tizimining demokratik tabiati, uning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, fuqarolarning huquq va erkinliklari yuridik jihatdan qat’iy belgilab qo‘yilgan. SHu ma’noda, Konstitutsiya – istiqlol va mustaqil O‘zbekiston ramzidir.

 Uchinchi ramz – O‘zbekiston Respublikasining davlat tili. Til har bir millat o‘zligining ajralmas belgisi. Umuman, 1989 yilning 21 oktyabrida o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi istiqlol sari qӯyilgan eng muhim amaliy-huquqiy qadamlardan biri bo‘lgan edi. Konstitutsiyamizning 4-moddasida esa ӯzbek tili mustaqil ӯzbek davlatining rasmiy tili sifatida Asosiӣ Qonun himoyasiga olingan’. Davlatga nom bergan xalqning, uning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini namoyon etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tilining har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, mazkur tilning davlat tilidek salohiyatini izchil va tӯliq rӯyobga chiqarish – har bir inson uchun konstitutsiyaviӣ burch va vazifadir. Davlat tili – bu mustaqil davlat belgisi, ramzidir. Zotan, davlat tilida qonunlar yoziladi, xalqaro shartnomalar imzolanadi, anjumanlar olib boriladi va rasmiy hujjatlar yuritiladi.

Tӯrtinchi ramz – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i,

Davlat gerbi va Davlat madhiyasi. Har bir mustaqil davlat ӯz bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega bo‘ladi. Konstitutsiyamizning 5-moddasida davlat bayrog‘i, gerbi va madhiyasining huquqiy asoslari belgilab berilgan. «Davlatimiz ramzlari – bayroq, gerb, madhiya O‘zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g‘ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassamlashtiradi» va ular haqida maxsus qonunlar qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun’ 1991 yil 18 noyabrda, Davlat gerbi tӯg‘risidagi qonun 1992 yil 2 iyulda, Davlat madhiyasi tӯg‘risidagi qonun 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan.

«Hech kim o‘zining shaxsiy va oilaviy hayotiga ӯzboshimchalik yoki noqonuniӣ tarzda aralashishga, o‘zining uy-joyi yoki yozishmalari siri daxlsizligiga o‘zboshimchalik yoki noqonuniy tarzda tajovuz qilinishiga yoki uning or-nomusi va sha’niga noqonuniӣ tajovuz kilinishiga duchor etilishi mumkin emas. Har bir inson xuddi shundaӣ aralashuv yoki tajovuzlardan qonun orqali himoya etilish huquqiga ega». Fuqarolik va siyosiy huquqlar tӯg‘risidagi xalqaro paktning 17-moddasi

Beshinchi ramz – mustaqil davlat poytaxti. Konstitutsiyamizning 6-moddasida: «O‘zbekiston Respublikasining poytaxti Toshkent shahridir»7, deb yozib kӯyilgan. Davlat poytaxti to‘g‘risidagi modda, sobiq sovet konstitutsiyalaridan farqli o‘laroq, Asosiӣ Qonunning 1-bobida berilgan. Poytaxt shahar – har bir mustaqil davlatning yuzi bo‘lib, bir qator xususiyatlarga egadir. Xususan, mamlakat poytaxti davlat organlari va jamoat birlashmalarining markaziy idoralari, davlat boshlig‘i qarorgohi, davlatning asosiy siyosiy va iqtisodiy tadbirlari amalga oshiriladigan, chet el diplomatik vakolatxonalari joylashadigan shahardir.

Oltinchi ramz – mustaqil davlat fuqaroligi. Fuqarolik har qanday davlatning ajralmas belgisidir. U shaxsning davlatga mansubligini, unga daxldorligini huquqiӣ jihatdan mustahkamlaydi. SHuningdek, davlat shaxsni Konstitutsiyada mustahkamlangan huquq hamda burchlar bilan ta’minlaydi. Fuqarolik – bu shaxs bilan davlat ӯrtasidagi barqaror va doimiy siyosiy- huquqiӣ aloqa bӯlib, bunda ularning ӯzaro huquq, burch va majburiyatlari ӯz ifodasini topadi.

«O‘zbekiston Konstitutsiyaning 21-moddasida belgilanganidek, Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatiladi»1. Bu degani,

mustaqil O‘zbekiston davlati yagona va yaxlitdir. Barcha fuqarolar yagona siyosiy- huquqiy maqomga ega va ularning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari davlat muhofazasi bilan ta’minlanadi. Binobarin, Birinchi Prezidentimiz yagona fuqarolik tӯg‘risida tӯxtalib: «Ikki davlat fuqaroligiga mansublik… bevatanlik bilan barobardir»2, degani bejiz emas.

Ettinchi ramz – davlat mukofotlari va unvonlari. Har bir mustaqil davlatӯzmukofotlariva unvonlarinita’sisetadi.Konstitutsiyaning78-moddasida Oliy Majlisning davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis etish huquqi mustahkamlangan. O‘zbekiston Respublikasida «O‘zbekiston Qahramoni» yuksak davlat unvoni va oliy nishon – «Oltin yulduz» medali, «Mustaqillik», Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, «Buyuk xizmatlari uchun», «El-yurt hurmati», «Fidokorona xizmatlari uchun», «Mehnat shuhrati», «Sog‘lom avlod uchun» (birinchi va ikkinchi darajali), «SHon-sharaf» (birinchi va ikkinchi darajali), «Dӯstlik» ordenlari, «Jasorat», «Sodiqxizmatlari uchun», «SHuhrat» medallari va boshqa yuksak mukofot hamda unvonlar ta’sis etilgan. Fuqarolarning mehnatda kӯrsatgan xizmatlari, davlat, jamoatchilik oldidagi va ijoddagi samarali faoliyatini rag‘batlantirishda bu mukofotlarning ӯrni va ahamiyati beqiyosdir. Konstitutsiyaning 93-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari, faxriy unvonlari davlat boshlig‘i – Prezident tomonidan beriladi.

Sakkizinchi ramz – milliy valyuta. Har bir mustaqil davlat o‘zining milliy valyutasiga, milliy pul birligiga ega bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1994 yil 16 iyunda e’lon qilingan «O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish tӯg‘risida»gi farmoniga muvofiq, 1994 yilning 1 iyulidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – «sӯm» muomalaga kiritilgan. Milliy valyuta mustaqillikning muqaddas belgisi, davlat ramzidir.

Tӯqqizinchi ramz – umumxalq bayramlari. Davlat ramzlariga qonun bilan mustahkamlangan, mamlakatda nishonlanadigan umumxalq bayramlarini ham kiritish joizdir. Xususan, 1 sentyabr – Ozbekistonning  Mustaqillik kuni, 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni, 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, 21 mart – Navrӯz bayrami, 1 yanvar – YAngi yil bayrami, 8 mart – Xotin-qizlar kuni, 9 may

– Xotira va qadrlash kuni, 30 iyun – YOshlar kuni, Iyd al-Fitr – Ramazon hayitining birinchi kuni, Iyd al-Adha – Qurbon hayitining birinchi kuni Vatanimizning ulug‘ sanalari sifatida nishonlanadi. Umumxalq bayramlari davlat va xalqning ramziӣ kunlari sifatida kӯpmillatli O‘zbekiston xalqiga taalluqlidir. Ular O‘zbekistonda barcha millat va elatlar tomonidan nishonlanadi va dam olish kuni hisoblanadi.

O‘ninchi ramz – O‘zbekiston Respublikasining davlat boshlig‘i

– Prezidenti. Davlat boshlig‘i – bu millat timsoli, davlat ramzidir.

CHunki hadisi shariflarda ta’kidlanganidek, «Sulton er yuzida Allohning soyasidur», unga adolatni ta’minlab, YAratuvchining bandalarini zulmu sitamdan qutqarib, ularning turmush sharoitini yaxshilash vazifasi topshirilgan.

Ulug‘ o‘zbek shoiri hazrat Alisher Navoiӣ o‘z asarlarida Sohibqiron

Amir Temurning «Kuch – adolatda» degan shioriga tayanib, adolat timsoli bo‘lgan davlat boshlig‘iga YAratuvchi Zotning bir kӯrinishi deb baho bergan. Navoiӣ davlat rahbari kuchli idrok va yorqin yurak sohibi bo‘lib, otga minganda ufqlarni ӯz ta’siri ostiga olish qobiliyatiga ega, adolatda Navrӯz kabi fayzli bӯlishi kerakligini tarannum etgan.

Demak, Uzbekiston Respublikasining davlat ramzlari faqat ӯzbek davlatigagina taalluqli bӯlib, ularda mohiyati chuqur ma’noga ega shartli belgilar badiiy ifoda sifatida ma’lum bir kӯrinishlarda aks etadi. Bunday kӯrinish ohanglar, sӯzlar, tabiat tasviri, ranglar, astrologik jismlar va boshqa turli shakllarda bo‘lib, xalqimizning o‘tmishi, bugungi kuni, intilishi, orzu- umidlari, istiqboli, g‘ururi va faxrini ӯzida mujassamlashtiradi.

Xuquqiӣ adabiyotlarda davlat ramzlari tushunchasiga turli mazmunda ta’rif beriladi. Zamonaviy siyosiy-huquqiӣ lug‘atlarning birida qayd etilishicha: «Davlat ramzlari – davlat mustaqilligini shartli ravishda belgilovchi tashqi belgi, nishona yoki timsollardir, bular muayyan davlatning bayrog‘i, gerbi, milliy valyutasi va madhiyasi. Ular mazkur davlatning tuzumini, xalqning tabiat-mentalitetini, iqtisodiy asoslarini va boshqa muhim belgilarini anglatadi».

Fransiyaning 1789 yilda kabul kilingan va amaldagi Konstitutsiya spinning tarkibi kismi xisoblanuvchi Inson va fukaroning xukuk hamda erkinliklari deklaratsiya spinning

4-moddasida qayd etilganidek: «Erkinlik – bashkaga zarar etmaydigan i stal gaishniki lish imkoniyatidir: shu tarika, xar bir insonning tabiiӣ hukuklarini rӯyobga chikarish imkoniyatlari jamiyatning bashka a’zolari ayni shu xukuklarini  rӯyobga chikarishlarini ta’minlaydigan imkoniyatlar chegarasigachagina davom etaji. Bu chegaralar fakat konun bilan belgilanadi».

Ikkinchi guruh adabiyotlarda berilgan ta’rifga kӯra, davlat ramzlari – bu suveren davlatni ajratib turuvchi belgilari. Ular mustaqillik atributlaridir. Davlat ramzlari Konstitutsiyada mustahkamlangan Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi, Davlat madhiyasi, shuningdek, davlatning nomi, poytaxti, tili, valyutasi, mukofotlari. SHuning uchun ularni yanada aniqroq qilib «Davlat mustaqilligining konstitutsiyaviy ramzlari», deb atash mumkin.

Boshqa manbalarda e’tirof etilishicha, mustaqil davlatning belgilariga mustaqil davlatning ӯzi ta’sis etgan nomga ega bӯlishi, Konstitutsiyani mustaqil ravishda qabul qilganligi, o‘z hududida davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshirishi, ӯz davlat fuqaroligining mavjudligi, ӯz davlat tiliga ega bӯlishi, ӯz byudjeti va pul birligiga ega ekani, ӯz davlat poytaxtiga egaligi, ӯz davlat bayrog‘i, davlat gerbi va davlat madhiyasini qabul qilganligi va boshqa belgilar kiradi.

SHu o‘rinda mustaqildavlat ramzlarini faqat davlat emblemalari – davlat bayrog‘i, davlat gerbi va ularning musiqiy muqobili bo‘lmish davlat madhiyasi bilan chegaralash mumkin emasligi haqida ilgari bildirilgan fikrni yana bir bor ta’kidlash lozim. YA’ni, davlat ramzlarini keng ma’noda – mustaqil davlatning mazmunini ifodalaydigan shartli belgilar ma’nosida ham tushunish lozim.

Ayni chog‘da, «milliy ramz» tushunchasiga ham izoh berib ӯtish joiz. Milliy ramz deganda, har bir mamlakatning milliy tarixi, madaniyati, an’analari, qadriyatlari, mamlakat aholisining hurmat va e’tiqod hislari bilan bog‘liq bo‘lgan, uning orzu-intilishlarini ifodalaydigan, mamlakat ichkarisida umumtushunarli bo‘lgan va qo‘shimcha talqinni talab qilmaydigan, lekin mamlakat tashqarisida qisman tushunarli yoki umuman tushunarsiz tasvirlar, ranglar, belgilar va tushunchalarni anglash darkor. Milliy ramzlar ma’nosi xorijlik fuqarolarga ma’lum bo‘lmaydi. Davlat emblemalari tasvirlarining milliy ramz sifatidagi mazmuni xalq eposlari, afsonalar yordamida talqin qilinadi.

 

Hozirgi kunda jahondagi aksariyat davlatlar emblemalarining mazmunini tashkil qiluvchi tasvirlar milliy ramzlardan iborat. Bu emblemalar millatningxususiyatlari, uningtarixi, madaniyativa qadriyatlarini ifodalaydigan ma’no bilan birga xalqaro ahamiyatga ega geraldik ma’noni ham anglatadi. Millatni ifodalaydigan tasvirlar geraldik shakllardan iborat bo‘lib, undagi tasvirlar xalqaro tan olingan ma’noda talqin qilinishini ta’kidlash lozim. Albatta, eraldik shakl deganda, xalqaro tan olingan va umumtushunarli bo‘lgan umumbashariy qadriyatlarni ifodalaydigan tasvir, belgi va tushunchalar nazarda tutiladi.

O‘z navbatida, davlat emblemasining tavsifi – bu davlat emblemasi

mazmunining yuridik hujjat matnida maxsus terminologiya va til vositasida ifodalanishidir.

Davlat ramzlarining davlat suvereniteti ramzlari ekanligidan kelib chiqadigan quyidagi belgilarini kӯrsatib ӯtish mumkin.

Birinchi belgisi. Davlat ramzlari davlat suverenitetining, ya’ni oliy siyosiӣ irodaning shartli belgilarini tashkil qilar ekan, ular ma’lum bir hududda oliy iroda egasi bo‘lgan xalq bilan birga ta’sis etiladi. «Suverenitet umumiy irodani amalga oshirish bӯlib, hech qachon begonalashmaydi va suveren kollektiv mavjudot bo‘lib, – deb yozgan J.J.Russo, – xalqning o‘ziga tegishli.

«Hokimiyat berilishi mumkin, lekin oliy iroda emas». SHuning uchun suverenitet va uning ramzlari huquqiӣ mohiyati jihatidan abadiydir.

Davlat suvereniteti shakli, ya’ni oliy huquqiӣ iroda o‘zgarishiga qarab ma’lum davrdagi davlat hokimiyati tomonidan o‘rnatiladigan davlat ramzlari shakli ham ӯzgartirilishi mumkin. Masalan, davlat nomi shakli, davlat hududi shakli, davlat boshlig‘i lavozimi shakli, davlat bayrog‘i yoki gerbi shakli va boshqalar o‘zgaruvchan, lekin davlat suvereniteti mazmuni kabi uning ramzlari mohiyatan ӯzgarmasdir. Davlat suvereniteti kabi davlat ramzlari ham faqat oliy irodaga ega bӯlgan xalq va uning hokimiyati ӯz ahamiyatini yӯqotgandagina o‘zgarishi mumkin. Agar xalq ӯz irodasining oliyligi maqomidan mahrum bӯlsa, davlat suvereniteti tugaydi, davlat ramzlari ham ӯz mohiyatidan mahrum bӯladi. Xalq irodasi oliyligi maqomining tiklanishi esa davlat suvereniteti va uning ramzlari tiklanishiga olib keladi.

 Ikkinchi belgisi. Bir jamiyatda faqat bir oliy iroda bo‘lishi mumkin. Ikkinchi oliy irodaning paydo bӯlishi davlat suvereniteti yӯqolganligini bildiradi. «Iroda yoki umumiy bo‘ladi, yoki umumiy bo‘lmaydi, u yoki butun xalq irodasi, yoki uning faqat bir qismi irodasi bӯladi». SHu bilan bog‘liq ravishda suverenitet mazmunini belgilaydigan ramzlar ham faqat bir oliy irodani ifodalashi mumkin. YA’ni, suverenitet ramzlari oliy irodani ifodalash vazifasini monopoliya qiladi. Bir davlat hududida ikki oliy iroda egasini ifodalaydigan ramzlar mavjud bo‘lolmaydi ularning faqat biri oliy iroda sub’ektini ifodalaydigan ramzlar bo‘lishi, ikkinchisi esa, oliy iroda sub’ektidan quyi maqomda turuvchi tashkilotni, masalan, davlatning ma’muriy- hududiy birliklarini ifodalashi mumkin.

Davlat ramzlari – bu mustakil davlatning muxi tashki belgilarini uzi da mujassamlantiradi. Davlat razdarila xalkning azaliy orzusi, ezgu niyatlari, bugungi xayotining mazmun- moxiyati aks etadi.

Jamiyatda oliӣ siyosiӣ iroda sub’ekti maqomiga ega xalq irodasi

yagona va bo‘linmasdir. Demak, uni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan davlat hokimiyati ham bitta, yagona va bo‘linmasdir. Davlat hokimiyati bo‘linmaydi ham, taqsimlanmaydi ham. Agar davlat hokimiyati bo‘linganda yoki taqsimlanganda edi, amalda bir-biridan mustaqil uch oliy iroda va uni amalga oshiruvchi bir-biridan mustaqil uch davlat hokimiyati tӯg‘risida gapirishga tӯg‘ri kelardi. konstitutsiya mustaqil davlat ramzlari SHunday qilganimizda, hokimiyatlar taqsimlanishi tamoyili davlat suvereniteti mazmuniga qarshi qӯyilgan bo‘lar edi. Bu erda gap hokimiyatlar taqsimlanishi tamoyilining mazmuni haqida bormayapti, balki bu mazmunni to‘g‘ri ifodalash shakli haqida borayapti.

Fikrimizcha, hokimiyatlar taqsimlanishi tamoyili mazmunini davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi yoki taqsimlanishi kӯrinishida emas, balki davlat hokimiyati vakolatlarining hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari ӯrtasida bӯlinishi yoki taqsimlanishi kӯrinishida ifodalash maqsadga muvofiq. Davlat hokimiyati organlarining bu uch tarmog‘i yagona oliy siyosiy irodani yagona davlat hokimiyati tarkibida ularga berilgan vakolatlar orqali amalga oshiradi.

Hokimiyatning uch turi yoki tarmog‘i bӯlmaydi, balki davlat hokimiyati vakolatlarining uch turi va ularni amalga oshiruvchi davlat hokimiyati organlarining uch tarmog‘i bӯladi. Xuddi shundaӣ, hokimiyatlarning ӯzaro tengligi va bir-biridan to‘la mustaqilligi tӯg‘risidagi ifoda ӯrnida davlat hokimiyati organlari uch tarmog‘ining ӯzaro tengligi va tӯla mustaqilligi, hokimiyatlarning bir-birini tiyishi va qarama-qarshi ta’sir etish tizimi kӯrinishidagi ifoda o‘rnida davlat hokimiyati organlari uch tarmog‘ining davlat hokimiyati vakolatlarini uzurpatsiya qilishdan ӯzaro bir-birini tiyib turishi va qarama-qarshi ta’sir etish tizimi degan ifoda ishlatilishi maqsadga muvofiq.

O‘zbekiston xalkining istiklolga erishganligi uning mustakillik Qomusi bo‘lmish Konstitutsiya sida mustaxkam langan. Konstitutsiya dunyo siyosiӣ xaritasida yangi demokratik davlat – O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘lganligini aks ettiradi. Konstitutsiya xalkning uzini uzi boshkarish, erkindik va ijtimoiy adolat, insonparvar davlat va fukarolik jamiyati bar po etish tӯg‘risidagi azaliӣ orzusini ifodalagan. Konstitutsiya da mustakil o‘zbek davlatining moxiyati, smesey, iktisodi, ijtimoiy va xukukiy tizimining demokratik tabiati, uning umuminsoniy qadriyatlarga sodikligi, fukarolarning hukuk va erkinliklari yuridik jixatdan kat’iy belgilab ko‘yilgan. SHu ma’noda, Konstitutsiya – istiklol va mustakil Uzbekiston ramziddin.

Qonun chiqarish, ijro etish va sud vakolatlarini amalga oshirish davlat hokimiyatini amalga oshirishning, ya’ni ob’ektiv-ijtimoiӣ irodani ijobiӣ huquqqa aylantirish jarayonining tarkibiӣ qismlaridir. Davlat hokimiyati vakolatlarini amalga oshiruvchi davlat hokimiyati organlari uch tarmog‘ining yagona va bӯlinmas davlat hokimiyatiga taalluqliligi va yagona oliӣ siyosiy irodani ijobiӣ huquqqa aylantirish huquqi davlat ramzlari vositasida ifodalanadi. Davlat ramzlari, shu asosda, qonunning oliyligi va davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi organlar uch tarmog‘ining ularga tegishli davlat hokimiyati vakolatlari hajmi jihatidan ӯzaro tengligini ifodalab turadi.

Uchinchi belgisi. Jamiyat turli qismlar, toifalar, guruhlardan iborat bo‘ladi. Har bir jamiyat qismi, toifa va guruhlarining boshqalaridan farq qiladigan irodasi bo‘ladi. Lekin butun jamiyat irodasi, uning alohida bir qismi irodasidan ustun bo‘ladi. Davlat ramzlari xalq va davlatning ana shu maqomini fuqarolarning boshqa tashkilotlari maqomidan ustuvorligini ifodalab turadi.

Davlat ijtimoiӣ kelishuv, ziddiyatlarni yumshatish va oldini olish dastagidir. SHu yo‘lda turli toifa, qatlam, milliӣ, madaniӣ, kasb guruhlariga bo‘lingan jamiyatni birlashtiruvchi belgi davlat ramzlaridir. 

Davlat ramzlari jamiyatning har bir a’zosi uchun unga a’zolik belgisidir. Davlat ramzlari davlat hududidagi ustuvor ramzlar sifatida davlat hokimiyatining suvereniteti ostidagi sub’ekt va ob’ektlarni kӯrsatib turadi. Davlat hududida yashovchi fuqarolar hamda hududni tashkil qiluvchi ma’muriӣ-hududiӣ bo‘linmalarning birlashuvi va muhofaza qilinishi davlat ramzlari vositasida maxsus usulda ifodalanadi.

 Tӯrtinchi belgisi. Davlat suverenitetini va uning ramzlarini ta’sis etgan davlat ӯz ramzlarining shaklini ishlab chiqadi va huquqiy mustahkamlaydi. Davlat tomonidan tan olingan va huquqiy tasdiqlangan ramzlargina davlat ramzlari bo‘la oladi. Davlat ramzlarining shakllari davlat tomonidan ӯrnatiladi va har qanday tajovuzdan qӯriqlanadi. Davlat ramzlari maqomini mustahkamlagan huquqiy me’yorlar davlat hokimiyati irodasini ifodalaydi va davlatning majburlash kuchi bilan ta’minlanadi. Davlat ramzlari davlat hokimiyati tomonidan jamiyatda ustuvor bo‘lgan ramzlar sifatida oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan me’yorlar: Konstitutsiya va konstitutsiyaviy qonunlar, konstitutsiyaviy odat qoidalari bilan mustahkamlanadi.

Davlat ramzlari davlat hokimiyati tomonidan davlat suvereniteti atributlari sifatida ta’sis etilgandagina ӯz vazifasini bajaradi. Boshqa tomondan, davlat ӯzining zaruriӣ atributlarini ta’sis etish orqali mustaqil davlat maqomini ola biladi. Bu aloqadorlik davlat bilan davlat ramzlarining huquq singari bir vaqtda paydo bӯlishini va biri ikkinchisisiz mavjud bӯla olmasligini kӯrsatadi. Davlat ramzlari umumiy iroda asosida davlat tomonidan rasmiy tan olingan va foydalanish tartibi qonun bilan belgilangan ramzlardir.

Davlat ramzlarining qator boshqa belgilarini ham sanab ӯtish mumkin:

birinchidan, davlat ramzlari ustuvor irodani ifodalaydi va jamiyatdagi boshqa ramzlardan ustuvorligi ta’minlanadi;

ikkinchidan, davlat ramzlari ma’lum bir suveren davlatga taalluqli bӯladi, davlat tomonidan ta’sis etiladi, mustahkamlanadi va qӯriqlanadi;

uchinchidan, davlat ramzlarining ortida davlat hokimiyati turadi va kerak bo‘lgan taqdirda davlat ramzlari maqomini belgilaydigan huquqiӣ me’yorlarga rioya etishga majbur qila oladi;

 «Erkinlikni baxolashning xech kanday imkoniyati yӯq». Rim huquqshunoslari Hikmatlaridan

tӯrtinchidan, fuqarolarning u yoki bu tashkilotlarini ifodalaydigan ramzlaridan farq qilib, davlat ramzlari davlatning butun hududida umummajburiy qo‘llanilish tartibiga ega;

beshinchidan, davlat ramzlari davlat tashkilotlari, jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlar, fuqarolar va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni ma’noviy-kӯrinishli tartibga soluvchi vositalardir.

Har bir mustakil davlat ӯz mukofotlari va unvonlarini ta’sis etadi.

Davlat ramzlarining ijtimoiy vazifasi, umumiy xossa va belgilari ulardan foydalanishning umumiy yo‘nalishlarini, davlat ramzlari vazifalarini aniqlashga yordam beradi. Davlat ramzlari vazifalari davlat ramzlari xossalarining ulardan foydalanganda namoyon bӯlishidir. Siyosatshunoslar davlat ramzlarining nominativ, axborot etkazish, kommunikativ, rivojlantiruvchi, inson tafakkurining irratsional qatlamlariga ta’sir ӯtkazish, umumiylikni belgilash va inson ongiga mafkuraviy ta’sir kӯrsatish vazifalarini asosiy vazifalar deb hisoblaydi. konstitutsiya mustaqil davlat ramzlari

Davlat ramzlari turli-tuman va kӯp sonli xossalarga ega bo‘lishi mumkin. Lekin davlat ramzlarining ijtimoiӣ vazifasidan kelib chiqadigan, ya’ni davlat hududida oliy irodaga ega sub’ekt maqomi tӯg‘risida axborot etkazish jarayonida namoyon bӯladigan xossa va belgilari davlat ramzlarining asosiy vazifalarini aniqlashda muhim sanaladi, deb hisoblaymiz.

Davlat tili – bu mustakil davlat belgisi, ramziddin. Zotan, davlat tilida konunlar yoziladi, xalkaro shartnomalar imzolanadi, anjumanlar olib boriladi va rasmiy xujjatlar yuritiladi.

SHu asosda davlat ramzlarining asosiy vazifalarini quyidagicha belgilashni taklif qilish mumkin.

Birinchi vazifa – davlat ramzlari davlat hududida oliy iroda sub’ekti maqomi tӯg‘risidagi axborotni ma’noviy-kӯrinishli ifodalash vazifasini bajaradi.

Ikkinchi vazifa – davlat ramzlari davlat suvereniteti mazmunini

umumlashtirish vazifasini bajaradi. Davlat ramzlari davlat faoliyatining oliy irodadan kelib chiqqanligi va unga taalluqliligini huquqiy mustahkamlangan tartibda ifodalaydi.

Uchinchi vazifa – davlat ramzlari davlat suvereniteti tӯg‘risidagi tarqoq axborotni umumlashtirilgan va tartibga solingan holda etkazish vazifasini bajaradi. Davlat ramzlari oliy irodani amalga oshirish mexanizm- jarayonlarining tarkibiӣ qismlarining tartibga solingan holatda idrok qilinishini ta’minlaydi.

Tӯrtinchi vazifa – davlat ramzlari davlat suvereniteti ostidagi

sub’ekt va ob’ektlarni ajratib turuvchi tashqi belgilar vazifasini bajaradi. Davlat ramzlari oliy irodaga ega sub’ektning va oliy irodani amalga oshirish mexanizmi tarkibiy qismlarining boshqa ijtimoiӣ birliklar irodasidan ajralib turishini huquqiy mustahkamlangan tartibda ifodalab turadi.

Beshinchi vazifa – davlat ramzlari fuqarolarni jamiyatning umumiy irodasiga hurmat ruhida tarbiyalash vazifasini bajaradi.

 Davlat ramzlari davlat mazmunining aniq ma’noviy-kӯrinishli belgilarda konkretlashishi (muayyanlashishi), ya’ni jamiyatda oliy irodaga ega sub’ekt maqomining muayyan davlat suvereniteti institutlari shakllarida ifodalanishidir.

Davlat ramzlarining alohida shakllarida mustaqil davlat mazmunining faqat ma’lum bir tomoni ifodalanishi mumkin, davlatsuvereniteti mazmuni tӯlaligicha ifodalanishi uchundavlatsuvereniteti ramzlarining yagona umumiylikka birlashgan tizimi amal qilib turadi.

Davlat ramzi deganda faqat bir shartli belgini, davlat ramzlari deganda davlat mazmunini ifodalaydigan butun bir shartli belgilar tizimini tushunish kerak. Davlat ramzlarini mustaqil davlatni ifodalash vazifasi birlashtiradi. Ularning mazmuni va shakli, oliy iroda sub’ekti maqomi tӯg‘risidagi axborotetkazilishini ta’minlovchi vositalar sifatida vazifalari uyg‘un, birini ikkinchisidan ajratish mumkin bo‘lmagan butun bir ramzlar tizimini tashkil qiladi. mumkin:

Davlat ramzlari tizimi tarkibiӣ qismlarini quyidagicha belgilash

  1. 1. Davlat nomi – oliy iroda sub’ekti maqomini ifodalaydigan oliy etnonimik va toponimik nom instituti shaklidagi davlat ramzi.
  2. Davlatning Konstitutsiyasi va qonunlar tӯplami – oliy iroda sub’ekti maqomini ustuvor me’yorlar sifatida ifodalaydigan oliy yuridik hujjatlar instituti shaklidagi davlat ramzi.
  3. Davlat hududi – oliy iroda sub’ekti maqomini ifodalaydigan joyni tashkil etgan hudud instituti shaklidagi davlat ramzi.
  4. Davlat boshlig‘i – oliy iroda sub’ekti maqomini ifodalaydigan oliy mansabdor shaxs lavozimi (monarx, prezident) instituti shaklidagi davlat ramzi.
  5. 5. Davlat poytaxti – oliy iroda sub’ekti maqomini ifodalaydigan siyosiy markaz – poytaxt-shahar instituti shaklidagi davlat ramzi.
  6. Davlat tili – oliy iroda sub’ekti maqomining rasmiӣ atamalar yig‘indisini tashkil qilgan til instituti shaklidagi davlat ramzi.
  7. Davlat fuqaroligi – oliy iroda sub’ekti maqomini, uning a’zolari, butun jamiyat, xalqni ifodalaydigan fuqaro instituti shaklidagi davlat ramzi.
  8. Davlat puli (milliy valyuta) – oliy iroda sub’ekti maqomini ifodalaydigan qiymat belgilari majmui – milliy valyuta instituti shaklidagi davlat ramzi.
  9. 9. Davlatning milliy bayramlari – oliy iroda sub’ekti maqomini ifodalaydigan rasmiy marosim – umumxalq bayrami instituti shaklidagi davlat ramzi.
  10. Davlat mukofotlari va unvonlari – oliy iroda sub’ekti maqomini ifodalaydigan, unga xizmat qilishga qo‘shilgan salmoqli hissani ajratib turadigan ajratib turuvchi belgilar instituti shaklidagi davlat ramzi.
  11. Davlatning rasmiy ramzlari – oliy iroda sub’ekti maqomini ifodalaydigan maxsus ramziy belgi mazmuniga ega davlatning rasmiy ramzlari (demakki Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi va Davlat madhiyasi) instituti shaklidagi davlat ramzi.

Alohida olingan bir shartli belgi oliy iroda sub’ekti maqomining ma’lum jihatini ifodalashi mumkin, davlat ramzlari tizimi esa uning barcha jihatlari tӯg‘risidagi axborotni qamrab oladi. Bunda davlat ramzlari tizimining tarkibiy qismlaridan biri bo‘lmasa, bu tashkilotning oliy iroda sub’ekti maqomiga ega ekanligi shubha tug‘diradi. Mustaqil davlatni ushbu shartli belgilarsiz tasavvur qilish ham mumkin emas.

Davlat boshlig‘i – bu millat timsoli, davlat ramziddin. CHunki xadisi sharif larda ta’ҡidlanganidek, «Sulton er yuzida Alloxning soyasidur», unga adolatni ta’minlab, YAratuvchining bandalarini zulmu sitamdan kutkarib, ularning turmush sharoitini yaxshilash vazifasi topshirilgan.

SHunday qilib, keng ma’noda davlat ramzlari deganda – davlat hududidagi oliy iroda tӯg‘risida umumiy axborotni inson ongi uchun hissiy-obrazli va ma’noviy- ko‘rinishli shaklda etkazadigan, mustaqil davlat bilan birga uning institut- atributlari sifatida ta’sis etiladigan, umumlashtiruvchi, tartibga soluvchi va ajratib turuvchi shartli belgilar tizimini tushunish mumkin. SHuningdek, davlat ramzlari fuqarolarni suverenitetga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari fakat o‘zbek davlatigagina taallukli bo‘lib, ularda mohiyati chukur manga eyga shartli belgilar badiiӣ ifoda sifatida ma’lum bir kurinishlarda aks etaji. Bunday kӯrinish oxanglar, sӯzlar, tabiat tasviri, vrangler, astrologi ismlar va bashka turli shakllarda bӯlib, xalkimizning o‘tmishi, bugungi kuni, intilishi, orzu-umidlari, istikboli, g‘ururi va faxrini ӯzida mujassamlashtiradi.

Davlat suverenitetini ifodalaydigan shartli belgilar tizimida davlatning rasmiy ramzlari – ramziy belgilar alohida ӯrin tutadi. Ramziy belgilar davlat suvereniteti institut-atributlarining tasviriy-obrazliligini maxsus kӯrgazmali usulda ta’minlaydi. konstitutsiya mustaqil davlat ramzlari SHuning uchun davlat ramziy belgilarini suverenitetni ifodalaydigan institut-atributlardan ajratib bӯlmaydi. Davlat ramzlari tushunchasini rasmiy ma’noda ta’riflaganda, ularni Konstitutsiyada mustahkamlangan davlatning rasmiy ramzlari, ramziy belgilar – Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi va Davlat madhiyasi sifatida tushunish lozim.

Rasmiy ramzlarning davlat suverenitetini ifodalaydigan shartli belgilar tizimiga kiruvchi institut-atributlardan ajratib turadigan alohida ramziӣ belgi xususiyatlarini kӯrsatib ӯtish mumkin.

Birinchidan, davlatning ramziy belgilari oliy iroda sub’ektini ifodalashning idrok qilinishi qulay bӯlgan qonun bilan tasdiqlangan tasviriy vositalardan iborat maxsus shaklidir. Ramziy belgilar davlat va jamiyat irodasi, maqsadi va intilishlari tӯg‘risidagi umumiy axborotni umumtushunarli tasvirlar vositasida etkazadi. Ramziy belgi tuzilishini tashkil etgan har bir tasviriy-obrazli element ӯzining ma’nosiga ega, bu ma’nolarning qӯshilishidan hosil bӯladigan umumiӣ mazmun xalq va davlat hokimiyati irodasini ӯqishga imkon beradi.

Ikkinchidan, davlatning ramziy belgilari xalqaro amaliyotdan kelib

chiqadigan va milliy qonunchilik bilan tasdiqlangan tasvirlardan iborat davlat emblemalari (bayroq va gerb), ularning musiqaviy ekvivalenti (davlat madhiyasi), shuningdek, alohida shakllaridan (davlat boshlig‘ining ramziy bayrog‘i – shtandarti, davlat muhri va konsullik qalqonidan) iborat. Bu shakllar jamiyatdagi oliy iroda egasini ifodalash bilan bog‘liq vazifalarni bajarish maqsadida qonunda belgilangan tartibda yaratilgan.

Uchinchidan, davlatning ramziy belgilari tavsifi Konstitutsiya va

maxsus qonunlar bilan tasdiqlanadi. Ramziӣ belgilar tavsifi – bu ramziӣ belgi mazmunining qonunda tasdiqlangan va maxsus terminologiya asosida ishlab chiqilgan matn kӯrinishidir. Ramziy belgi tavsifini qonun bilan tasdiqlash ular mazmunini huquqiӣ mustahkamlashdan iborat ramziӣ belgilarni yaratish jarayonining muhim tarkibiy qismidir.

Tӯrtinchidan, davlatning ramziӣ belgilari va ular tavsifini yaratish munosabatlari huquqiy tartibga solinadi. Davlatning ramziy belgilarini yaratish jarayoni qonun ijodkorligi faoliyatining tarkibiy qismi bӯlib, vakolatli davlat organining ramziy belgilarni ishlab chiqish va qabul qilishga qaratilgan aniq maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatidir. Ramziy belgilar mazmunida davlat irodasi o‘z ifodasini topadi. SHuning uchun ramziӣ belgi va uning tavsifi tuzilishi va mazmunini ishlab chiqish maxsus yuridik texnikani talab qiladi. Lekin bu yuridik texnikani qonunchilik texnikasi bilan aralashtirib yuborish yaramaydi.

Ramziy belgi xalq va davlat hokimiyati irodasining nima qilish mumkin va nima qilish mumkin emasligi to‘g‘risidagi xulq-atvor qoidalari mazmunidagi ifodasi emas, balki uning chizilgan tasvirlar va kuylangan obrazlardagi ifodasi bo‘lib, u kuzatuvchiga xalq va davlat hokimiyati irodasi va maqsadlari haqida umumiy axborot beradi. SHuning uchun ham ramziy belgi tuzilishi va mazmunini ishlab chiqish usuli me’yoriy-huquqiy hujjat tuzilishi va mazmunini ishlab chiqish usulidan o‘zining alohida xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Beshinchidan, davlatning ramziy belgilaridan foydalanish munosabatlari huquqiy tartibga solinadi. Ramziy belgilardan oliy irodani amalga oshirish jarayonlarini rasmiy ifodalash maqsadida qonunda belgilangan tartibda va joylarda foydalaniladi hamda ramziy belgilarto‘g‘risidagiqonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha javobgar sub’ektlarning vakolatlari belgilanadi.

Oltinchidan, ramziy belgi tarkibini tashkil etgan tasvirlar xalqning milliy-tarixiy qadriyatlari hisoblanib, odamlarga yaqin turadi va umumtushunarli bo‘ladi. Ana shunday tasvirlar mazmuni orqali xalq va davlat hokimiyati irodasi va maqsadlarining ifodalanishi fuqarolarda bu iroda- maqsadlarga nisbatan hurmat va e’tiqod ruhini shakllantirishga xizmat qiladi. Ramziy belgilar yagona maqsad yo‘lida butun xalqni jipslashtirish, obod va ozod Vatan, farovon jamiyat qurish uchun butun xalqni ortidan ergashtirish kabi inson ongiga mafkuraviy ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega.

konstitutsiya mustaqil davlat ramzlari Davlat ramziy belgilarining yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlarini umumlashtirib, rasmiy ma’noda davlat ramzlarini quyidagicha ta’riflash mumkin: Davlat bayrog‘i, gerbi va madhiyasi davlat suvereniteti mazmunini ifodalaydigan davlatning rasmiy ramzlari bo‘lib, ular barqaror, xuquqiӣ tasdiqlangan tavsif, qonun bilan belgilangan yaratilish va foydalanish tartibiga ega. Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi va Davlat madhiyasi milliy va tarixiy qadriyatlarga aylangan tasviriy obrazlardan tuzilgan bo‘lib, mazmunida mustaqil davlat va jamiyatning irodasi, maqsadi va intilishlari to‘g‘risida umumiy axborot saqlanadi.

SHunday qilib, sanab o‘tilgan milliy davlat ramzlari olamshumul voqea, ular mustaqil O‘zbekiston davlatining yorqin timsollaridir. Bu muqaddas timsollar el-yurtning buguni, ertangi kuni va buyuk kelajagi uchun munosib xizmat qiladi. «SHu ramzlarni e’zozlash – o‘zining qadr-qimmatini, o‘z mamlakatiga va shaxsan ӯziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash demakdir».

Georg Ellinek (1851-1911) - nemis huquqshunosi, davlatshunos, yuridik pozitivizm vakili.
Georg Ellinek (1851-1911) – nemis huquqshunosi, davlatshunos, yuridik pozitivizm vakili.
Rate article
Add a comment