Ozbekiston Konstitutsiyasi Tarixi – mustaqillik solnomasining uzviy qismi

Ўзбекистон Конституцияси Тарихи Konstitutsiya

Ozbekiston Konstitutsiyasi Tarixi: «Zamonaviy Ozbekistonning tarixi – bu mamlakatimizning haqiqiy mustaqillikka erishish yo‘lida Islom Abdug‘anievich Karimov rahnamoligida olib borilgan o‘ta murakkab va og‘ir kurashlar tarixidir. Buyuk Yo‘lboshchimiz hakli ravishda demokratik talablar va xalqaro mezonlarga to‘liq javob beradigan Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ham asosiy muallifi edilar».

SHavkat MIRZIYOEV, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Ozbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining eng buyuk yutuqlaridan biri – mamlakatda tarixan qisqa muddatda milliy davlatchilikning mustahkam huquqiy poydevori yaratilganidir. Binobarin, huquqiy davlatchilik sari intilgan har qanday demokratik jamiyatda Konstitutsiya ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Konstitutsiya insoniyatning ijtimoiy hayotini huquqiy tartibga solish va tashkil etish borasida kashf ettan eng muhim yutuklaridan biridir. Konstitutsiya o‘z-o‘zicha, ya’ni alohida, jamiyatdan ajralgan holda mavjud bo‘lishi mumkin emas. Konstitutsiya – demokratik, siyosiy va huquqiy institutlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. SHu bois, uning jamiyat hayotida bajaradigan vazifalarini tarixiy taraqqiyot va tajriba bilan uzviy aloqadorliqda talqin etish orqali bu muhim hujjatning tub mohiyatini anglash mumkin.

Tarixan qaror topgan muayyan davlat Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati bosqichma-bosqich va izchil ravishda ijtimoiy va huquqiy ongning rivojlanishi, konstitutsiyaviy normalar matnining chuqur tahlil etilishi va tegishli echim talab qiladigan yangi masalalarning yuzaga kelishi bilan uzviy bog‘liq holda yanada takomillashibboradi. SHuma’noda, Konstitutsiyani «ijtimoiy tartibotni tiklash» va jamiyatda ijtimoiy hamjihatlik va bag‘rikenglik tamoyilini qaror toptirish vositasi sifatida talqin qilish mumkin. 

Milliy davlatchilikning eng muhim xuqukiy qadriyatlarini belgilab beradigan Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat va jamiyat qurilishining asosiy huquqiy tamoyillari o‘zining aniq ifodasini topgan bo‘lib, ular orasida davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo‘linishi hal qiluvchi qoida sifatida mustahkamlab qo‘yilgan. 

Ozbekiston Konstitutsiyasi Tarixi: Ana shunday mustahkam huquqiy poydevor asosida Ozbekistonda tub demokratik isloxotlar amalga oshirildi, davlat va xo‘jalik boshqaruvining tarkibiy tuzilishi modernizatsiya kilindi va yangilandi, joylarda hokimlik instituti joriy etilib, mahalliy hokimiyat organlari qayta tashkil qilindi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimi – mahalla instituti rivojlandi. 

Mamlakatda ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti asoslari yaratilib, yangicha iqtisodiy munosabatlar mexanizmlari joriy etildi, tegishli bozor infratuzilmasi institutlari tashkil etildi, zamon talablariga javob beradigan mutlaqo yangi moliya va ikki bosqichli zamonaviy bank tizimlari shakllantirilib, iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida chuqur islohotlar amalga oshirildi.

Mustaqillik yillarida mulkiy munosabatlar sohasida ham tub o‘zgarishlar rӯy berdi. Mamlakatda amalda ko‘p ukladli iktisodiyot shakllanib, uning tarkibida xususiy mulk ustuvor rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotda nafaqat hal qiluvchi o‘rin egalladi, balki bozorlarni zarur tovar va xizmatlar bilan to‘ldirish, odamlarningdaromadi va farovonligini yuksaltirishningasosiy manbai, aholi bandligini oshirishningeng muhim omiliga aylandi. 

Konstitutsiyada mustaxkamlab qo‘yilgan tamoyil va normalar, shuningdek, biz tanlagan va bugun dunyoda e’tirof etilgan, «o‘zbek modeli» deb nom olgan taraqqiyot modelida mujassamini topgan.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi farmoniga muvofiq, 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi». Ushbu noyob dasturulamal hujjatga, Farmon sharhida ta’kidlanganidek, Prezident SH.M. Mirziyoev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vaqillari, bevosita fuqarolar hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog‘ida bildirilgan mamlakatni ijtimoiy- siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari kiritilgan.

«Harakatlar strategiyasi» o‘z mohiyat e’tiboriga ko‘ra, dunyoda tub o‘zgarishlar yuz berayotgan hozirgi zamonda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, sud-huquq, iqtisodiy, ijtimoiy sohalar va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha beshta ustuvor yo‘nalishda aniq muddatga mӯljallangan tom ma’nodagi milliy taraqqiyot strategiyasi hisoblanadi. U besh bosqichda, kelgusi besh yilda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo‘yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi.

 

Prezident SH.M. Mirziyoev 2017 yil 19-25 sentyabr kunlari Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi birinchi nutqida

ta’kidlaganidek, «Bu strategiyani ishlab chiqishda biz o‘zimizga chetdan nazar tashlab, salohiyat va imkoniyatimizni xolis baholash bilan birga, xato va kamchiliklarimizni ham atroflicha tanqidiy tahlil qildik. Strategiya – bu yangilanish jarayonlarining haqiqiӣ harakatlar dasturidir. Bu hujjat hozirgi vaqtda hayotta izchil joriy etilmoqda».

Ushbu hujjat 1992 yilda qabul qilingan Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalari hamda 2010 yilda Birinchi Prezidentimiz I. I.A.Karimov taqdim etgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»?da belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar doirasidagi demokratik yangilanish hamda modernizatsiya jarayonlarining mantiqiӣ va qonuniy, izchil va uzviy davomidir. Ayni paytda bu muhim milliy strategiya davlat va jamiyatni rivojlantirishning mutlaqo yangi bosqichini boshlab bermoqda.

Bu bejiz emas. Nega deganda, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoev Konstitutsiyaning istiqlol arafasida ishlab chiqilishi va mustaqillikning ilk yillarida qabul qilinishi davrida ham, Konsepsiyani tayyorlash va unda belgilangan eng muhim vazifalarni hayotga chuqur tatbiq etish jarayonlarida ham Yo‘lboshchimizning yonida turib, ta’bir joiz bo‘lsa, elkama- elka birga ishlagan, davlat siyosatini yuritish bobida yuksak mahorat maktabini ӯtagan. 

Men ham Konstitutsiyaviy komissiyaning a’zosi bulganimni hamisha faxru iftixor bilan eslayman. O‘sha davrda Prezident SH.M. Mirziyoev parlament deputati, Mandat komissiyasining raisi va Konstitutsiyaviy komissiya a’zosi sifatida Asosiy Qonunni ishlab chiqish bilan bog‘liq barcha ishlarda Ozbekiston Birinchi Prezidentiyonida, Yo‘lboshchimizbilanbirgalikda faoliyatyuritganiga guvoh bo‘lganman.

Konstitutsiyaviy huquq masalalari bilan shug‘ullana boshlaganimga 35 yildan oshdi. SHu davrda Ozbekiston va xorijiy davlatlar konstitutsiyalari haqida 20 dan ortiq kitob, darslik va ӯquv qӯllanmalar, risolalar hamda sharhlar yozdim. Bundan tashqari, Ozbekistonda birinchilardan bo‘lib tubdan yangi Konstitutsiya tayyorlash g‘oyasi bilan chiqdim. 

Menga mustaqil Ozbekiston Konstitutsiyasini tayyorlash va qabul qilishdek tarixiy jarayonlarda bevosita ishtirok etish baxti nasib qildi. Ozbekiston Konstitutsiyasini hayotga tatbiq etish va rivojlantirish ishlarida bevosita qatnashdim. SHu ma’noda, ushbu kitob muallifning ko‘p yillik ilmiy izlanishlari va amaliy huquqiy faoliyatining o‘ziga xos mantiqiy umumlashmasidir. Ma’lumki, Ozbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi tarixi bilan bog‘liq muhim hujjatlar 19 ta jildda saqlanmoqda.

Konstitutsiya «xalqimiz uchun mustaqil taraqqiyot yo‘lini belgilab, milliy davlatchilik, yangi siyosiy-ijtimoiy tizim barpo etish, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishning huquqiy poydevorini»1 yaratib berdi. Qӯlingizdagi kitobda istiqlol yillarida mamlakatda Konstitutsiya asosida bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirilayotgan demokratik huquqiy islohotlar hamda konstitutsiyaviy jarayonlar, mustaqil Ozbekiston taraqqiyotining tarixiy shart-sharoitlari, hozirgi saodatli kunlar va yorug‘ istiqbol, xalqimizning bunyodkorlik ruhi, ulkan salohiyati haqida sӯz boradi.

Ozbekiston Konstitutsiyasi Tarixi: Kitobni yozishda, avvalambor, arxiv hujjatlariga, davriy matbuot materiallariga, ushbu tarixiy jarayon ishtirokchilari bilan o‘zaro suhbatlar va shaxsiy amaliyot asnosida to‘plangan ma’lumotlarga asoslanildi. Ushbu kitob Konstitutsiyamizning yaratilishi tarixi bo‘yicha zukko o‘quvchi bilim va tasavvurini yanada kengaytirishga xizmat qiladi, degan umiddaman.

Fursatdan foydalanib, Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari – kaminaga doimo ruhiy-ma’naviӣ quvvat bag‘ishlab kelgan, ammo bugun oramizda bo‘lmagan ulug‘ safdoshlarimning yorqin xotirasi oldida bosh egaman. Konstitutsiyaviy komissiyaning samarali faoliyat yuritayottan a’zolari, shu jumladan ushbu kitob qo‘lyozmasiga taqriz bergan taniqli davlat va jamoat arboblari – Ozbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist Ubaydulla Mingboev, akademik Mahmud Salohiddinov, professor SHuhrat Jalilov va yuridik fanlar nomzodi Hakimboӣ Halimov, tarix fanlari doktori, professor Mirzohid Rahimovga alohida tashakkur bildiraman.

Kitobning tayyorlanishi va nashr etilishiga xayrixohlik bilan ko‘maklashgan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni arxivi, Ozbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining kutubxonasi va arxivi, Alisher Navoiӣ nomidagi Ozbekiston Milliy kutubxonasi, Ozbekiston Fanlar akademiyasining fundamental kutubxonasi rahbariyati hamda xodimlariga, shuningdek, Ozbekiston Konstitutsiyasi Tarixi: Konstitutsiyamiz ma’rifati ixlosmandlarining barchasiga o‘zimning samimiy minnatdorchiligimni izhor etaman.

 

Bu Qiziq

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida «Davlat» sӯzi – 101, «Ozbekiston» nomi – 336 va «Respublika» atamasi 373 marta uchraydi.

E’TIROF

Jahon hamjamiyatida Ozbekistonning roli va o‘rni tobora oshib borayotgan sharoitlarda mamlakat Konstitutsiyasi ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash ishida, asosiysi, mamlakatning izchil iktisodiy rivojlanishi va xalq farovonligi oshishida real xukukiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda, Ozbekiston Konstitutsiyasi mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyin juda kiska muddatlarda ishlab chiqilgani va qabul qilinganini alohida ta’kidlash joiz. Asosiy Qonunni ishlab chikishda o‘zbek davlatchiligi rivojlanishining boy tarixiy yo‘li, konstitutsiyaviy qurilishning zamonaviy g‘oyalari, universal demokratik tamoyillar hamda dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or konstitutsiyaviy tajribasi hisobga olingan».

 

Xalqimiz siyosiy tafakkurining noyob namunasi bo‘lgan Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch-osoyishta hayoti, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari hamda manfaatlarining mustahkam kafolati sifatida yurtimizda bozor munosabatlari va xususiӣ mulk ustuvorligiga asoslangan xuquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, Ozbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashi borasida asosiy poydevor bӯlib kelmoqda».

SHavkat MIRZIYOEV, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

«Konstitutsiya» atamasi huquqiy tushuncha sifatida uzoq yillar davomida turlicha ma’nolarda ko‘llab kelingan. Aslida «constitutio» sӯzi lotincha bo‘lib, «Tizim, tartib ӯrnatish, barpo etish, tashkil qilish» degan lug‘aviy mazmunlarni beradi. Hozirgi paytda jahonda 200 dan kӯproq davlatning va 300 ga yaqin federatsiya sub’ektining Konstitutsiyalari (va boshka Asosiy Qonunlari) amal qiladi.

 

Rate article
Add a comment