Konstitutsiya Va Suverenitet dunyoda kanday paydo boldi

Konstitutsiya Va Suverenitet Konstitutsiya

Konstitutsiya Va Suverenitet

Konstitutsiya Va Suverenitet dunyoda kanday paydo boldi: Harqanday davlat eng muhim konstitutsiyaviy xususiyatlarga, ya’niaholi, hudud va suveren hokimiyatga ega bo‘ladi. Aksariyat davlatlarning aholisi ko‘pmillatli tarkibdan tashkil topadi. Hudud davlatning chegaralari bilan belgilanadigan moddiy asosi bo‘lib, shu davlat hokimiyati amal qiladigan sarhadlarni ko‘rsatib turadi. Suveren hokimiyat – davlat ega bo‘lgan oliy hokimiyatdir.

Jan Boden (1529 yoki1530-1596) - fransuz siyosatchisi
Jan Boden (1529 yoki1530-1596) – fransuz siyosatchisi, faylasүf, Boden iqtisodchi, yurist.

«Siyosiy nuktai nazardan, faqat birgina prinsip bor, bu insonning o‘z ustidan o‘zining suvereniteti. O‘z ustidan o‘zining ushbu suvereniteti Ozodlik deb ataladi», 

Viktor GYUGO, fransuz yozuvchisi 

«Suverenitet» atamasini ilk bor fransuz abbati va huquqshunosi Jan Boden (Jean Bodin, 1530-1596) o‘zining 1576 yilda yozilgan «Respublika haqida olti kitob» nomli asarida qo‘llagan. J.Bodenning fikricha, suverenitet to‘g‘risidagi ta’limot davlat tashqi va ichki siyosatining dasturulamal prinsipi hisoblanadi. O‘z navbatida, J.J.Russo (1712-1778) so‘zlariga qaraganda, vakillik hokimiyatiga ega bo‘lgan xalq suverendir.

Bu kizik: «Konstitutsiya» Atamasining Kelib CHiqishi

Jan-Jak Russo (1712-1778)- fransuz faylasufi va yozuvchisi
Jan-Jak Russo (1712-1778)- fransuz faylasufi va yozuvchisi

Bugungi kunda «suverenitet» atamasi turlicha va bir-biridan farqli ma’nolarga ega, Avvalambor, suverenitet – davlat oliy hokimiyatiga xos bo‘lgan xususiyat, Suverenitet – faqat davlatta xos bo‘lgan juda muhim sifat. Suverenitetning bir-biri bilan o‘zaro boglik bo‘lgan sifatlari – bu birlik, bulinmaslik va ajralmaslikdir. Suverenitetni hokimiyatning kelib chiqish manbasi sifatida ham qarash lozim.

Xorijiy mamlakatlarda davlat hokimiyati qurilishining eng muhim va juda keng tarkalgan prinsiplaridan yana biri – davlat hokimiyati vakolatlarining bo‘linishi prinsipi hisoblanadi, Bu g‘oya Aristotel asarlaridayoq tilga olingan (to‘g‘ri, u davlat vazifalarining bo‘linishi haqida so‘z yuritgan) bo‘lib, keyinchalik ingliz faylasufi J.Lokk (1632-1704) tomonidan rivojlantiriltan. SH.Monteskening «Qonunlar ruhi haqida» nomli kitobida esa davlat hokimiyatining bo‘linipi g‘oyasi o‘zining nisbatan to‘laqonli ifodasini toshan. Uning fikricha, faqat ushbu prinsipning to‘liq amal qilishigina inson huquq va erkinliklarini kafolatlaydi.

Evropaning konstitutsiyaviy xukuk fanida iktisodiӣ munosabatlarni konstitutsiyaviy asosda tartibga solishning ilmiy instrumenti vazifasini konstitutsiyaviy iktisodiyot nazariyasi ӯtaydi.

Sud hokimiyati – davlat hokimiyatining turli nizo va bahslarni huquq (qonun) asosida hal qilish vakolatlariga ega alohida tarmog‘i bo‘lib, o‘z qarorlari ijrosini ta’minlash uchun zarur hollarda majburlash huquqidan ham foydalanadi.

Germaniya imperiyasi Konstitutsiyasi (Paulskirxe Konstitutsiyasi).
Germaniya imperiyasi Konstitutsiyasi (Paulskirxe Konstitutsiyasi). 1849 yil 27 martda Frankfurt milliy majlisida qabul qilingan.

Konstitutsiya Va Suverenitet Bu konsepsiya umumiy tarzda Frayburg maktabi iqtisodchilari va huquqshunoslari V.Oykin, F.Byom hamda boshqalar tomonidan shakllantirilgan bo‘lib, keyinchalik uni milliy xususiyatlar bilan boyitgan holda Fransiya, Ispaniya, Italiya, Portugaliya, Avstriya, SHvetsiya, shuningdek, Lotin Amerikasining bir qancha mamlakatlarida takomillashtirishga kirishildi. Hozirgi vaqtda bu konsepsiyadan Evropa Ittifoqi doirasidagi integratsiya jarayonlarini tartibga solishda foydalanilmoqda.

Mazkur konsepsiyaning mohiyati konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yish zarur bo‘lgan asosiy normalarni va ularni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan muhim protseduralarni aniklashdan iborat bo‘lib, bundan ko‘zlangan maqsad davlatning iqtisodiyot sohasida huquqiy davlat sifatida o‘zini namoyon etishi va «bozor muvaffaqiyatsizliklari»ni qoplashiga erishishdir.

Konstitutsiyalarni «hadya etish» («oktroirovanie») yo‘li bilan qabul qilish masalasi haqida sӯz yuritganda, bunday usul Buyuk Britaniyaning ӯz mustaqilligini qo‘lgan kiritgan sobiq mustamlakalari uchun xos ekanini

ta’kidlash lozim. SHu yo‘l bilan qariyb 30 ta konstitutsiya qabul qilingan. Bugungi kunda Iordaniya, Nepal, Saudiya Arabistoni, Qatar, Quvayt kabi davlatlar konstitutsiyalari «hadya etilgan» konstitutsiyalar sirasiga kiradi.

 GFRning Asosiy Qonuni «hadya etilgan» Konstitutsiya hisoblanadimi?

Germaniya Federativ Respublikasining Asosiy Qonuni.
Germaniya Federativ Respublikasining Asosiy Qonuni. tillarida chop etilgan nashri, 2005 yil.

YUridik adabiyotlarda ushbu Asosiy Qonunni qabul qilish bilan bog‘liq o‘ziga xos jihatlar, xususan, mazkur hujjatni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlarida istilochi hukumatlarning roli katta ekanligi holatlari uni «hadya etilgan» konstitutsiyalar safiga qo‘shish uchun aniq asos bo‘la oladi, degan fikrlar mavjud. Bunda bir qator dalillar ham keltiriladi.

Birinchidan, Asosiy Qonun yaratish g‘oyasining ӯzi ham istilochi hukumatlar tashabbusi bo‘lgan. Konstitutsiya ishlab chiqish to‘g‘risidagi qaror 1948 yilning iyunida oltita Farb davlati Tashqi ishlar vazirliklarining

Londondagi kengashida qabul qilingan.

Ispaniya Konstitutsiyasi so‘nggi betining Korteslar vakillari
Ispaniya Konstitutsiyasi so‘nggi betining Korteslar vakillari va Xuan Karlos I imzolari bilan tasdiqlangan asl nusxasi, 1978 yil.

Ikkinchidan, harbiӣ gubernatorlar bo‘lajak Asosiӣ Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan Parlament kengashiga muntazam ravishda izoh va tavsiyalar berib borgan. Xususan, ular 1948 yilning iyul oyida G‘arbiy

Germaniya o‘lkalarining 11 nafar bosh vaziriga bo‘lajak Konstitutsiya prinsiplari haqida kӯrsatmalar berishganki, bu «Frankfurt hujjatlari» timsolida o‘z aksini topgan.

Uchinchidan, davlat huquqi masalalari bo‘yicha 22 nafar nemis mutaxassisidan iborat qo‘mita zimmasiga o‘lkalar bosh vazirlarini 1948 yil 1 sentyabrdan kechiktirmay Konstitutsiyaviy yig‘in chaqirishga da’vat etgan 1-son

Hujjatdagi ko‘rsatmalarga to‘la mos keluvchi Konstitutsiya loyihasi tayyorlash vazifasi yuklangan.

To‘rtinchidan, Parlament kengashi to‘laligicha Farbning istilochi hukumatlari izmida bo‘lgan,

Beshinchidan, Asosiy Qonun matni o‘lkalar landtaglariga ovoz berish uchun havola etilishidan oldin istilochi hukumatlar tomonidan ma’qullanishi shart bo‘lgan. Ular Asosiy Qonunni qabul qilish tartib-qoidalarini ham belgilab bergan.

Ayni chog‘da, fikrimizcha, GFRning Asosiy Qonuni quyidagi sabablarga kӯra istilochi hukumatlar tomonidan «hadya etilgan» Konstitutsiya hisoblanmaydi.

Birinchi sabab, «Asosiy Qonun» loyihasi davlat huquqi bo‘yicha mutaxassislar – taniqli nemis olimlari tomonidan tayyorlangan.

Ikkinchi sabab, «Asosiy Qonun» Parlament kengashi, ya’ni maxsus Konstitutsiyaviy ta’sis yig‘ini tomonidan qabul qilingan.

Uchinchi sabab, «Asosiy Qonun» matni o‘lkalar landtaglari tomonidan ratifikatsiya qilingan.

Tӯrtinchi sabab, «Asosiy Qonun», avvalo, millat siyosiy kuchlarining bahs-munozaralari asosida maromiga etkazilgan.

Beshinchi sabab, «Asosiy Qonun»da Germaniya konstitutsiyachilik tarixi, huquqiy madaniyati va yuridik tafakkurining eng muhim qirralari o‘z ifodasini topgan. Farb istilochi hukumatlarining Asosiy Qonunga ta’siri masalasi esa vaqtinchalik ahamiyat kasb etgan, xolos. Ko‘rinib turibdiki, chindan ham, har qanday konstitutsiya tegishli mamlakat tarixining asosiy bosqichlari, haqqoniy ijtimoiy hayoti, g‘oyaviy qadriyatlari va an’analarini o‘zida aks ettiradi.

Ispaniyada 1978 yili Konstitutsiya sharafiga yodgorlik o‘rnatilgani bejiz emas. Bunda xaykaltarosh konstitutsiyani kub, ya’ni xamma tomoni teng kvadratdan iborat olti yoklik geometrik shaklda

tasvirlash orkali ushbu Asosiy Qonunga xos eng muxim xususiyatlarga ureu berishga intilgan*.

*Karang: Andreeva G.N. Konstitutsionnoe pravo zarubejnыx stran: uchebnik. 2-izdanie. – M.: «Normao, 2009. – S.173.

Fransua Gizo (1787-1874) - fransuz tarixchisi,
Fransua Gizo (1787-1874) – fransuz tarixchisi, tanqidchi, siyosatchi va davlat arbobi.

SHunday qilib, suverenitet konstitutsiyalashtirishning ob’ektiv shartlari sifatida quyidagilar nazarda tutiladi:

birinchidan, siyosiy jihatdan suveren davlatning milliy konstitutsiyalashtirish hujjatini (tegishli konstitutsiyani) qabul qilish orqali transdavlat huquq ma’nosiga (huquqning ustunligi, insonning ajralmas huquq va erkinliklari, ularni ta’minlash prinsiplari va standartlariga) qo‘shilishi;

ikkinchidan, milliy konstitutsiyani oliy huquqiy kuchga ega va ichki davlat huquqining universal manbai bo‘lgan hujjat ma’nosida tasdiqlash;

uchinchidan, davlat tomonidan konstitutsiyaviy matn dolzarb qoidalarining ma’nosini uzil-kesil talqin etish va konstitutsiyaviy adliya milliy organi hujjati asosida milliy huquqiy tizimni shakllantirish.

SHu ma’noda, huqukiy suverenitet huquqiy davlatning ichki belgisidir. Ammo u konstitutsiyaviy suverenitetga buni fakat real ta’minlash, mustakil amalga oshirish orkaligina ega bo‘ladi. Hukuqiy jihatdan konstitutsiyaviy suverenitet davlat va xalk suverenitetini kamrab oladi va ular mazmunini ifoda etadi.

Ispolzovannaya literatura:

SHuning uchun konstitutsiyaviy suverenitetning xalqaro miqyosda tan olinishi natijasida konstitutsiyaviy suverenitet ham barcha muammolarni qamrab oladi.

1 Saidov A.X. Germaniya Federativ Respublikasi Asosiy Qonunining o‘zbek, nemis va rus tillaridagi nashriga so‘z boshi. – Germaniya Federativ Respublikasining Asosiy Qonuni: o‘zbek, nemis va rus tillarida. – Inson hukuklari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, 2009. – 21 22-betlar.

2 Suverenitet – fransuachala (vsouvenaina) aliy, voksak, ent zokori turuvchi, o‘rta vsarlar lotinchasida

(«sureranusa) esa kkoriaa, koksakla, oliy darajala, degan maznolarni beradi.

3  Bolen J. SHost kligo gosudarstve //Autolopiya magrovoy polaticheskoy maslie V 5t.T.2-M, 1999, -S.689-(95.

4  Russo J.J. Ob obщestvennom dogovore. – M.::«Terra knijnыy klubya, 2000. – S. 216.

5 Egalite // Dictionnaire de la culture juridique. Sous la direction D. Alland et S. Paris – P., 2003.- P 1435.

6 Charkes Montesquieu. De Yesprit des lois Geneve: Chatelain, 1749. 600 pages, Monteskыe SH. Izbrannыe pro-izvedeniya – M.: Gospolitizdat, 1955, – S. 803.

7 Qarang: Andreeva G.N. O meste konsepsii ekonomicheskoy konstitutsii v evropeyskom diskurse // Jurnal rossiyskogo prava. 2007, №12. – S.50-64.

8 Saidov A. X. Germaniya Federativ Respublikasi Asosiy Qonunining o‘zbek, nemis va rus tillaridagi Toshkentda o‘zbek, nemis va rus

nashriga so‘z boshi. – Germaniya Federativ Respublikasining Asosiy Qonuni: o‘zbek, nemis va rus tillarila. – Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, 2009. – 116 bet.

Rate article
Add a comment