«Konstitutsiya» Atamasining Kelib Chiqishi

Konstitutsiya

«Konstitutsiya» Atamasining Kelib Chiqishi: «Mamlakatimiz totalitar tizimdan voz kechib, mustaqil taraqqiyot yo‘lini tanladi, ko‘plab qiyinchilik va sinovlardan ӯtib, tarixan qisqa davrda jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egalladi».

SHavkat MIRZIYOEV,

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

«Konstitutsiya» Atamasining Kelib CHiqishi

«Konstitutsiya» atamasi huquqiy tushuncha sifatida uzoq yillar davomida turlicha ma’nolarda qo‘llab kelingan. Aslida «constitutio» sӯzi lotincha bo‘lib, «Tizim, tartib o‘rnatish, barpo etish, tashkil qilish»

degan lug‘aviy mazmunlarni beradi. Rim imperiyasi davri qonunchiligida «konstitutsiya» atamasi imperatorning turli xil farmoyishlarini, ya’ni huquq manbalari hisoblangan ediktlar, mandatlar, dekretlar, reskriptlar va boshqa shu kabi hujjatlarni anglatgan bo‘lsa, keyinchalik uzoq davr mobaynida u «status» so‘zining ma’nodoshi sifatida qo‘llanilgan. Misol uchun, Rim imperatori Karakalla (Caracalla) 212 yilda e’lon qilgan ediktlardan biri shunday, ya’ni «status» deb nomlangan bo‘lib, mazkur hujjat piligrimlarning, demakki Rim hokimiyati istilo etgan mamlakatlar va hududlar aholisining huquqlariga bag‘ishlangan.

Bu Qiziq : Ozbekiston Konstitutsiyasi Tarixi – mustaqillik solnomasining uzviy qismi

«Konstitutsiya» Atamasining Kelib Chiqishi
Genri Sent-Jon vikont Bolingbrok (1678-1751) – ingliz siyosatchisi, davlat arbobi va yozuvchi

Konstitutsiya deganda, biz… ongu tafakkurimizning muayyan mustaxkam prinsiplaridan kelib chikadigan va ijtimoiy farovonlik maksadlariga yo‘naltirilgan, jamiyat rioya kiladigan anik va yagona tizimga solingan konunlarning, koida va odatlarning mujassamini tushunamiz.

Genri Sent-Jon vikont BOLINGBROK

Urta asrlarga kelib ayrim diniy hujjatlarni konstitutsiyalar deb atash rasm bo‘lgan. Buyuk fransuz inqilobidan keyinoq, 1790 yil 12 iyulda «Ruhoniylarning fuqarolik konstitutsiyasi» («Constitution civil du clerge»)degan qonun qabul qilingan. O‘rta asrlarda ba’zan feodallarning imtiyozlariva erkinliklariga doir turlicha hujjatlar ham «konstitutsiya» deb yuritilgan.Hozirgi kunga yaqinroq davrlarga nazar solinsa, Xalqaro mehnat tashkilotiningnizomi (ustavi) «konstitutsiya» nomi bilan atalganini kuzatish mumkin.

«Konstitutsiya» Atamasining Kelib Chiqishi
Aristotel byusti. Muallif: Lisipp. Rim Milliy muzeyi.

Konstitutsiyaviy mazmundagi g‘oyalar qadimgi davr mutafakkirlari – Platon (eramizdan oldingi 428 yo 427 yilda tug‘ilib, eramizdan oldingi 348

yo 347 yilda vafot etgan), Aristotel (eramizdan oldingi 384-322 yillar) va

bosh boshqalarning asarlaridayoq tilga olingan. O‘rta asrlarda konstitutsiyaviy g‘oyalar italiyalik teolog, hokimiyatning asosi ilohiyotga borib taqalishi to‘g‘risidagi nazariya targ‘ibotchisi Foma Akvinskiy (1225-1274) kabi bir qator olimlar tomonidan rivojlantirilgan. SHu tariqa «konstitutsiya» atamasi qadim zamonlarda paydo bo‘lgan.

«Konstitutsiya» Atamasining Kelib Chiqishi
YAkov II (1633-1701) – Angliya, SHotlandiya va Irlandiya qiroli.

Buyuk Britaniyada «konstitutsiya» sӯzi birinchi marta «SHonli inkilob»dan keyin, 1688-1689 yillarda «Qirollikning asosiy konstitutsiyasi» («Fundamental constitution ofthe Kingdom»)ga xilof ish tutganlikda ayblangan Qirol YAkov II ni (James II, 1633-1701) xokimiyatdan ag‘darish davrida ko‘llanilgan*.

* McLean I., McMillan A. Concize Dictionary of Politics. – Oxford, 2003. – P117.

Hozirgi zamon konstitutsiyaviy huquqida «konstitutsiya» atamasi huquqiӣ va siyosiy nuqtai nazardan turlicha ma’nolarda ishlatilishini kuzatish mumkin:

birinchidan, siyosiy-falsafiy atama sifatida konstitutsiya siyosiy hokimiyatning chӯqqisini, ya’ni eng yuksak pog‘onasini anglatadi;

ikkinchidan,»konstitutsiya» deganda – muayyan jihatdan davlatdagi butun huquqiy tartibotni ifoda etadigan asosiy huquqiy normalar tushuniladi;

uchinchidan,»konstitutsiya» xuddi shu so‘z bilan yuritiladigan normativ hujjatning nomidir;

to‘rtinchidan,»konstitutsiya» deganda muayyan aniq bir shakldagi normativ hujjat tushuniladi va bu hujjat tegishli davlatda oliy yuridik kuchga ega bo‘ladi hamda boshqa barcha hujjatlar unga muvofiqlashtiriladi.

Hozirgi zamondagi ma’nosida «Konstitutsiya» tushunchasi XVIII asr oxirida paydo bo‘lgan. Konstitutsiyaga juda ko‘p ta’riflar berilgan.

Bir necha misollar keltiramiz.

Birinchi misol, fransuz davlatshunos olimi J. Byurdoning Konstitutsiyaga bergan ta’rifi:

«Konstitutsiya – siyosiy hokimiyatni tayinlash, tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishiga oid qoidalar yig‘indisidir».

Ikkinchi misolda esa ushbu ta’rifga amerikalik olim K. Berd «Fuqarolar erkinliklari» tushunchasini qӯshadi.

Uchinchi misol sifatida nigeriyalik konstitutsiyashunos B.Nvabuezening ta’rifini beramiz: «Konstitutsiya – bu qonun kuchiga ega bo‘lgan rasmiy hujjat bo‘lib, uning yordamida jamiyat o‘z- o‘zini boshqaradi hamda o‘zining turli idoralari bilan, shuningdek, bu idoralarning fuqarolar bilan munosabatlarini o‘rnatadi».

SHu tarika dunyo mikyosida «konstitutsiya» atamasining xozirgi ma’nosida talkin etilishida AQSHning 1787 yilgi Konstitutsiyasi aloxida axamiyat kasb etdi. Zotan, u insoniyat tarixida birinchi yozma Asosiy Qonun bo‘lib, bundan 230 yil ilgari kabul kilingan.

«Konstitutsiya» Atamasining Kelib Chiqishi
Amerika Qo‘shma SHtatlari Konstitutsiyasining birinchi varag‘i. Ushbu asl nusxa hozirda AQSH Arxivlar va hujjatlar Milliy boshqarmasida saqlanmoqda.

O‘tgan davrda AQSH Konstitutsiyasi o‘ziga xos amerikacha konstitutsiyaviy tajribani mujassam etibgina qolmay, balki zamonaviy Konstitutsiya va konstitutsiyashunoslik maktabiga asos soldi.

Konstitutsiya tushunchasini ochib berishda uning mohiyati muhim ahamiyat kasb etadi. Turli mamlakatlarda turli huquqiy oqimlar vakillari Konstitutsiya mohiyatini turlicha ta’riflaydilar. Masalan, tabiiy huquq maktabi vakillari Konstitutsiya – xalq (millat)ning umumiy irodasini ifodalovchi o‘ziga xos ijtimoiy shartnomadir, deydilar. Normativ huquq nazariyasi vakillari esa, Konstitutsiya bu oliy huquqiy normaning ifoda etilishidir, deb tushunadilar. Marksizm-leninizm

Konstitutsiyani sinfiy kurashning mahsuli sifatida baholagan.

Использованная литература

  1. Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri SHavkat Miromonovich Mirziyoevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi nutqidan // Xalq so‘zi, 2016 yil 9 sentyabr.
  2. Ilin M.V. Slova i smыslы: Politiya. Respublika. Konstitutsiya. Otechestvo // Polis. 1994. №5 – S.120.
  3. Genri Sent-Jon vikont Bolingbrok (1678-1751) – inliz siyosiy faylasufi, davlat arbobi va yozuvchi. 1704-1708 yillar Harbiy ishlar bo‘yicha vazir, 1710-1714 yillarda Tashqi ishlar vaziri bo‘lgan.
  4. Quermonne J.-L. L’emergence d’un droit constitutionnel europeen // Revue internationale de droit comparé. 2006, №2., arvil-juin. – P.581.
  5. Maklakov V. V. Konstitutsionnoe (gosudarstvennoe) pravo zarubejnыx stran: Obщaya chast \ Uchebnik. 2-izdanie. – M.: «Infotropik Media», 2012. – S.55.

6 Maklakov V. V. Konstitutsionnoe (gosudarstvennoe) pravo zarubejnыx stran: Obщaya chast \ Uchebnik. 2-izdanie. – M.: «Infotropik Media», 2012. – S. 121-125 .

  1. Qarang: Sanlov A.X. Jahon konstitutsiyashunoslik maktabi va AQSH Konstitutsiyasi (So‘zboshi o‘rnida) // Amerika Qo‘shma SHtatlari Konstitutsiyasi. – Toshkent, 2013. – 3-5-betlar.

 

 

Rate article
Add a comment