- Konstitutsiya va davlatning rasmiy nomi
- Bunda davlat nomlanishining o‘ziga xos belgisi asosiy hisoblanadi bevosita unga nisbatan mamlakatlar nomlanishining turli usullari farqlanadi:
- Individuallashtirilgan unsur tarixan davlat rasmiy nomlanishi tarkibida asosiy va, hatto, majburiy hisoblanadi.
- Bunda mamlakat Konstitutsiyasi yoki uning moddalari nomlanishi davlatning asosiy siyosiy-ijtimoiy xususiyatlarini qayd etadigan o‘ziga xos «pasport» vazifasiniӯtaydi:
- Dunening barcha gerb, Bayrok, Davlat nomlari va poytaxtlari
- SHu bilan birga, qisman tan olingan (BMTning kamida bitta a’zo davlati tomonidan tan olingan) quyidagi davlatlar mavjud:
Konstitutsiya va davlatning rasmiy nomi
konstitutsiyalar davlatning rasmiy nomlari: Mamlakatning rasmiy nomlanishi, uning huquqiy hujjatlarda mustaxkamlab ko‘yilishi mustaqil davlat shakllanishi tarixini aks ettiradi. Nemis davlat huqukining mumtoz namoyandasi Georg Ellinek o‘zining davlat xuquqiga doir asarida qadimiy YUnonistonda ham, shuningdek, qadimiy Rimda ham keng ko‘lamli hududlar bu erda yashovchilarning jamoalari sifatida belgilanganini ta’kidlagan. SHaxsning huquqiy maqomi hech qachon uning davlatga emas, balki hamisha faqat fukarolar jamoasi a’zolariga mansubligi va unga bog‘liqligi sifatida belgilangan.

«Ammo Rim shahridan, – deb qayd etgan G.Ellinek, – o‘sha hududda qadimiy buyuk davlat paydo bulgan. Bunda Rim atamashunosligi hukumat hokimiyatini Rim davlatiga tenglashtirgan va u shu tarzda «res publica» «imperium»ga aylantirilib, ana shu o‘zgarishni nomukammal aks ettira olgan, xolos. SHu tariqa davlatning eng muhim unsuri fuqarolardan davlat hokimiyati tomon o‘tadi; «res populi» shunday qilib «res imperantis» sinonimiga aylangan.
Bu Qiziq O‘zbekistonning Konstitutsiya va Mustaqil Davlat Ramzlari
Davlat maqomi asosining xududiy unsuri tomon siljishi O‘rta asrlar atamashunosligida davlatning «Er» atamasini belgilash uchun paydo bo‘lganligi bilan bog‘liq holda ko‘rilgan, Bu esa «shahar bo‘lmagan» davlat maqomiga mos tushgan va Er siyosiy kuchning asosi ahamiyatiga ega bo‘lgan.
Nihoyat, XVI asr boshlarida turli mamlakatlarda umume’tirof etilgan «davlat» atamasi muomalaga kirgan. konstitutsiyalar davlatning rasmiy nomlari Bu atamaning ilmiy adabiyotdan o‘rin egallashi, G.Ellinek fikricha, Nikkolo Makiavellining xizmati deb tan olinishi kerak.
Demak, bundan mamlakatning nomlanishi davr ruhiga muvofiq davlatninguch asosiy tarkibi – xalq, hudud va hokimiyat shakliga navbatma- navbat murojaat qilish asosida shakllangan, degan xulosa chiqarish mumkin.
Afsuski, hozirgi davr hukuqiy adabiyotlarida davlatning rasmiy nomlanishi tegishli huquqiy normalar mavjudligiga, hatto ushbu mavzuda siyosiy bahslar uchrab turganligiga qaramasdan e’tibordan chetda qolmoqda. Xolbuki, fikrimizcha, mamlakatning rasmiy nomlanishiga konstitutsiyaviy huquqning mustaqil instituti sifatida qaralishi kerak. konstitutsiyalar davlatning rasmiy nomlari Bu faqat rasmiy nomlanishni qayd etibgina qolmasdan, ayni paytda uni ichki davlat va tashqi siyosiy munosabatlarda ishlatish tartibini xam belgilab beradi. SHu bilan birga, qonunchilikning boshqa tarmoqlarida u bilan bog‘liq normalar paydo bo‘lishi uchun manba vazifasini o‘taydi.
Bunda davlat nomlanishining o‘ziga xos belgisi asosiy hisoblanadi bevosita unga nisbatan mamlakatlar nomlanishining turli usullari farqlanadi:
birinchidan, nomlanishning millat nomidan paydo bo‘lishi (Bolgariya, Mongoliya, Qozog‘iston, O‘zbekiston va boshqalar);
ikkinchidan, nomlanish tegishli mamlakatlarning poytaxti nomi bilan atalishi (Lyuksemburg, Braziliya, Jazoir, Tunis, Quvayt va boshqalar);
uchinchidan, nomlanish tegishli mamlakat hududidagi yirik jo‘g‘rofiy ob’ektlar (daryolar, kӯllar, tog‘lar, sahrolar) nomidan tashkil topganligi (Gambiya, Kongo, CHad, Keniya, Namibiya va boshqalar);
tӯrtinchidan, nomlanishning mamlakatlar joylashgan orollar bilan bog‘liqligi (Bahrayn, Gvadelupa, Kuba, Irlandiya, Malta, YAmayka va boshqalar);
beshinchidan, mamlakatning jo‘g‘rofiy joylashishiga qarab nomlanishi (Ekvador, Markaziy Afrika Respublikasi, Janubiy Afrika Respublikasi va boshqalar);
oltinchidan, mamlakatlarning nomlari avliyolar sharafiga berilganligi (Martinika, Dominikan Respublikasi, San-Marino va boshqalar);
ettinchidan, mamlakatlar buyuk shaxslar sharafiga atalganligi (Kolumbiya, Boliviya, Filippin va boshqalar);
sakkizinchidan, mamlakatlar nomlarining o‘z kelib chiqishi bo‘yicha atamalar bilan bog‘liqligi (Grenada, YAngi Zelandiya, YAngi Kaledoniya va boshqalar);
tӯqqizinchidan, mamlakatlar nomlarining kashfiyotlar va yangi hududlarni o‘zlashtirish davrini aks ettirishi (Kosta-Rika yoki Boy sohil, Puerto-Riko yoki Boӣ bandargoh va boshqalar);
o‘ninchidan, mamlakatlar nomlanishining sun’iy atamalar bilan bog‘liqligi (Burkina-Faso yoki «Munosib insonlar vatani», shuningdek, Pokiston va boshqalar).
Individuallashtirilgan unsur tarixan davlat rasmiy nomlanishi tarkibida asosiy va, hatto, majburiy hisoblanadi.
Qator davlatlarning rasmiy nomlanishi, umuman, faqat individuallashtirish unsuri bilan bog‘liqdir (Kanada, Andorra, Fiji, YAponiya va boshqalar). Qӯshimcha unsur sifatida esa, eng avvalo, boshqaruv shakli kӯriladi. Ularning ikki turi mavjud:
– «monarxiya» (Norvegiya Qirolligi, Lixtenshteyn Knyazligi, Lyuksemburg Buyuk Gersogligi, YAman Sultonligi va boshqalar);
«respublika» (Gretsiya Respublikasi, Islandiya Respublikasi va boshqalar).
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya spinning 1-moddasiga gura: «O‘zbekiston – suveren demokratiya respublika. Davlatning «O‘zbekiston Respublikasi» va «O‘zbekiston» degan nomlari bir ma’noni anglatadi». Konstitutsiyamizda «Uzbekiston» atamasi – 336 marta, «Respublika» sӯzi esa 373 marta uchraydi.
Bugungi kunda mamlakatning rasmiy nomlanishi, birinchi navbatda, ushbu davlatning Konstitutsiyasi yoki maqomi bӯyicha unga mutanosib qonun hujjatida o‘z ifodasini topadi.
Bunda mamlakat Konstitutsiyasi yoki uning moddalari nomlanishi davlatning asosiy siyosiy-ijtimoiy xususiyatlarini qayd etadigan o‘ziga xos «pasport» vazifasini ӯtaydi:
«Monako Knyazligi mustaqil Davlatni tashkil etadi». «Mozambik Xalq Respublikasi – FRELIMO rahbarligida Mozambik xalqining Portugaliya va imperializm hukmronligiga qarshi asrlar davomidagi qarshiligi va qahramonona kurashining yakuni bo‘lib, suveren, mustaqil va demokratik davlatdir».
Konstitutsiyalar davlatning rasmiy nomlari «Turkmaniston – demokratik, huquqiy va dunyoviy davlat bo‘lib, unda davlat boshqaruvi prezident respublikasi shaklida amalga oshiriladi»
Boshqa holatlarda mamlakatning Asosiy Qonunda nomlanishidan kelib chiqadigan rasmiy nomlanishi Konstitutsiyaning tegishli moddalarida bevosita ifodasini topmaydi, lekin ularda keltirilgan ta’rifdan anglashiladi.
«Kongo suveren va mustaqil Davlat bo‘lib, barcha hokimiyatning manbai xalq va xalqqa tegishli bo‘lgan ajralmas dunyoviy Xalq Respublikasi hisoblanadi».
«Portugaliya – inson shaxsini hurmat qilishga asoslangan, Portugaliya xalqining irodasi va manfaatlarini ifoda etadigan hamda ӯzining maqsadi sifatida sinfsiz jamiyat barpo etishni kӯzlaydigan suveren Respublikadir».
«Tanzaniya Birlashgan Respublika hisoblanadi». Ayni chog‘da, davlat nomlanishini Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yishda bevosita uning rasmiy nomlanishi kӯrsatilishining amaliyoti ham mavjud:
«Davlat «Eyre» yoki ingliz tilida «Irlandiya» nomiga egadir».
«Pokiston Pokiston Islom Respublikasi nomi bilan ta’sis etilib,
bundan buyon Pokiston deb ataladigan Federativ Respublikadir».
«Malgash xalqi davlat sifatida tashkil etilgan millatdan iborat bo‘lib, uning asosi sotsialistik va demokratik jamoa – fukunulunadir. Ushbu davlat, birinchi navbatda, o‘z kuchiga tayanadigan suveren va ajralmas respublikadir hamda «Madagaskar Demokratik Respublikasi» nomiga egadir».
Davlat rasmiy nomlanishining alohida konstitutsiyaviy institut sifatida ajratib kӯrsatilishiga doir misol ayniqsa qiziqarlidir. 1957 yil 31 avgustda kuchga kirgan Malayya Federatsiyasining Konstitutsiyasida maxsus 1-modda bo‘lib, u «Davlatning va Federatsiya hududining nomlanishi», deb atalgan. Mazkur moddada quyidagilar qayd etilgan: «Malayya Federatsiyasi (Perseku-tuan Tanax Melayu) deb ataladi»
Davlat ramzlarini keng ma’noda – mustakil davlatning mazmunini ifodalaydigan shartli belgilar ma’nosida xam tushunish lozim.
Xuddi shunday modda Sudan Respublikasining 1964 yil 5 noyabrdagi Muvaqqat Konstitutsiyasida ham bor1. Gananing 1960 yil 29 iyundagi Konstitutsiyasidagi «Gana Respublikasining e’lon qilinishi» deb atalgan 4-moddasida esa: «Gana suveren unitar Respublika hisoblanadi», deb kӯrsatilgan.
Mamlakatning rasmiy nomlanishi konstitutsiyalar bilan bir qatorda, ko‘pincha maxsus hujjatlarda ham mustahkamlab qo‘yilgan. Bunda davlatning nomlanishi faqat huquqiӣ tartibga solishgina bӯlmasdan, shuningdek, huquqiy ta’riflarda bir xil talqin etiladi.
Birinchidan, bunday hujjatlarga davlat tashkil etilganligi e’lon qilingan (yoki ularningsuvereniteti, mustaqilligi va hokazolar e’lon qilingan) hujjatlarni kiritish kerak.
Ukrainaning mustaqilligi e’lon qilinishiga doir 1991 yil 24 avgustdagi hujjatda shunday deyilgan: «Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasining Oliy Kengashi tantanali ravishda UKRAINA MUSTAQILLIGINI va UKRAINA mustaqil ukrain davlati tashkil etilganligini e’lon qiladi».
Ikkinchidan, maxsus hujjatlarga davlatning qayta nomlanishi (nomlanishining o‘zgartirilishi) bilan bog‘liq hujjatlar ham mansub. Tojikiston Respublikasining 1991 yil 31 avgustdagi «Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasi nomlanishini o‘zgartirish va Tojikiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiӣ Qonuni)ga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni huddi shunday toifaga kiradi. konstitutsiyalar davlatning rasmiy nomlari Unda quyidagilar qaydetilgan: konstitutsiyalar davlatning rasmiy nomlari «Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasi bundan buyon Tojikiston Respublikasi deb ataladi».
Uchinchidan, mamlakat nomlanishini tiklash to‘g‘risidagi hujjatlarni, misol uchun, sobiq SSSR ittifoqdosh respublikalarining hujjatlarini ham maxsus hujjatlarning alohida turi sifatida ajratib kӯrsatish mumkin. Masalan, Litva Respublikasi Oliy Kengashining 1990 yil 11 martdagi «Litva davlatini tiklash to‘g‘risida»gi hujjati qabul qilingan3. SHuningdek, Estoniya SSR Oliy Kengashi ham 1990 yil 30 martda «Estoniyaning davlat maqomi to‘g‘risida»gi qarorini qabul qilgan.
Latviya Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashining 1990 yil 4 maydagi Deklaratsiyasiga bevosita quyidagi qoida kiritilgan: «Latviya davlatining rasmiy nomlanishi – LATVIYA RESPUBLIKASI, qisqartirilganda – LATVIYAdir».
Hokimiyatlar taksimlanishi tamoyili mazmunini davlat xokimiyatining konun chikaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatiga bo‘linishi yoki taksimlanishi kӯrinishida emas, balki davlat xokimiyati vakolatlarining xokimiyatni konun chikaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari o‘rtasida bo‘linishi yoki taksimlanishi kӯrinishida ifodalash maksadga muvofik. Davlat xokimiyati organlarining bu uch tarmog‘i yagona oliӣ siyosiӣ irodani yagona davlat xokimiyati tarkibida ularga berilgan vakolatlar orkali amalga oshiradi.
Qozog‘iston Sovet Sotsialistik Respublikasining 1991 yil 10 dekabrdagi «Qozog‘iston Sovet Sotsialistik Respublikasining nomlanishini ӯzgartirish to‘g‘risida»gi Qonunida shunday qayd etilgan: «Qozog‘iston Sovet Sotsialistik Respublikasi Qozog‘iston Respublikasi deb qayta nomlansin». Ushbu Qonun Qozog‘iston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti sifatida H.Nazarboev tomonidan imzolangan.
Moldova Sovet Sotsialistik Respublikasining 1991 yil 23 maydagi «Moldova SSR davlatining Moldova Respublikasi deb qayta nomlanishi to‘g‘risida»gi Qonunida quyidagilar qayd etilgan: «bundan buyon Moldova SSR suveren davlati Moldova Respublikasi (qisqartirilganda – Moldova) deb nomlansin». Ushbu qonun Moldova Respublikasining Prezidenti M.Snegur tomonidan imzolangan.
O‘zbekiston Oliy Kengashining qarorida boshqa hujjat – Oliy Kengashning «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi Bayonoti tasdiqlangan.
1990 yil 23 avgustda qabul qilingan «Armanistonning mustaqilligi to‘g‘risida»gi Deklaratsiyada quyidagilar e’lon qilingan: «Armaniston SSR Armaniston Respublikasi, qisqartirilgan holda – Armaniston deb qayta nomlanadi». SHundan sӯng Armaniston Sovet Sotsialistik Respublikasining 1990 yil 24 avgustdagi «Armaniston SSRni qayta nomlash tӯg‘risida»gi Qonuni chiqarilgan. Unda «Armaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi Armaniston Respublikasi deb qayta nomlansin» deb kӯrsatilgan5. Aftidan, Armaniston qonun ijodkorlari davlat nomini o‘zgartirish uchun Deklaratsiyaning o‘zi etarli emas deb hisoblagan va buni maxsus qonun bilan mustahkamlab qo‘ygan.
Ayni paytda BMT tarkibiga 193 a’zo mamlakat va 2 ta kuzatuvchi davlat kiradi. Vatikan va Falastin davlati BMTning doimiy kuzatuvchi a’zolari va xalqaro huquq sub’ektlari hisoblanadi.
O‘nlab davlatlarning paydo bo‘lishi aslida mustaqil davlatlar yoki boshqa davlatlar tomonidan tan olinmagan davlatlar yoxud ularning soni etarli emas deb e’tirof etilgani bilan bog‘liq bo‘lib, ularning maqomi bahslidir.
Dunyoning kӯpgina qismlarida o‘zlarining mustaqil davlatchiligi tan olinishi uchun kurashayotgan aholi hududlari mavjud. Etnik, hududiy va tarixiy qonuniylikka, shuningdek, hududga ega bo‘lmagan insonlarning ayrim guruhlari yoki alohida shaxslarning virtual davlatlariga ham (mikrodavlatlar, mikromillatlar) asos solingan.
Ayrim hududlar va tuzilmalarning darajasi va maqomi bir ma’noda belgilanmasligi mumkin. Buni BMTga a’zo 193 davlatning quyidagi rӯyxatini o‘rganish asnosida bilib olish mumkin:
Dunening barcha gerb, Bayrok, Davlat nomlari va poytaxtlari
№ | GERB | BAYROQ | DAVLAT NOMI | POYTAXTI |
1 | ![]() |
![]() |
Avstraliya – Avstraliya Ittifoqi | Kanberra |
2 | ![]() |
![]() |
Avstriya – Avstriya Respublikasi | Vena |
3 | ![]() |
![]() |
Albaniya – Albaniya Respublikasi | Tirana |
4 | ![]() |
![]() |
Angola – Angola Respublikasi | Luanda |
5 | ![]() |
![]() |
Andorra – Andorra knyazligi | Andorra-la-Velya |
6 | ![]() |
![]() |
Antigua va Barbuda – Antigua va Barbuda | Sent-Jons |
7 | ![]() |
![]() |
Argentina – Argentina Respublikasi | Buenos-Ayres |
8 | ![]() |
![]() |
Armaniston – Armaniston Respublikasi | Erevan |
9 | ![]() |
![]() |
AQSH – Amerika Qo‘shma SHtatlari | Vashington |
10 | ![]() |
![]() |
Afg‘oniston – Afg‘oniston Islom Respublikasi | Qobul |
11 | ![]() |
BAA – Birlashgan Arab Amirliklari | Abu-Dabi | |
12 | ![]() |
![]() |
Bagama – Bagama Orollari Hamdo‘stligi | Nassau |
13 | ![]() |
![]() |
Bangladesh – Bangladesh Xalq Respublikasi | Dakka |
14 | ![]() |
![]() |
Barbados – Barbados | Brijtaun |
15 | ![]() |
![]() |
Bahrayn – Bahrayn Qirolligi | Manama |
16 | ![]() |
![]() |
Belarus – Belarus Respublikasi | Minsk |
17 | ![]() |
![]() |
Beliz – Beliz | Belmopan |
18 | ![]() |
![]() |
Belgiya – Belgiya Qirolligi | Bryussel |
19 | ![]() |
![]() |
Benin – Benin Respublikasi | Kotonu |
20 | ![]() |
![]() |
Bolgariya – Bolgariya Respublikasi | Sofiya |
21 | ![]() |
![]() |
Boliviya – Boliviya Ko‘pmillatli davlati | Sukre |
22 | ![]() |
![]() |
Bosniya va Gersogovina – Bosniya va Gersogovina | Saraevo |
23 | ![]() |
![]() |
Botsvana – Botsvana Respublikasi | Gaborone |
24 | ![]() |
![]() |
Braziliya – Braziliya Federativ Respublikasi | Brazilia |
25 | ![]() |
![]() |
Bruney – Bruney-Dorussalom davlati | Bandar-Seri-Begavan |
26 | ![]() |
![]() |
Burkina-Faso – Burkina-Faso | Uagadugu |
27 | ![]() |
![]() |
Burundi – Burundi Respublikasi | Bujumbura |
28 | ![]() |
![]() |
Butan – Butan Qirolligi | Tximpxu |
29 | ![]() |
![]() |
Buyuk Britaniya – Buyuk Britaniya va SHimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi | London |
30 | ![]() |
![]() |
Vanuatu – Vanuatu Respublikasi | Port-Vila |
31 | ![]() |
![]() |
Vengriya – Vengriya | Budapesht |
32 | ![]() |
![]() |
Venesuela – Venesuela Bolivar Respublikasi | Karakas |
33 | ![]() |
![]() |
Vetnam – Vetnam Sotsialistik Respublikasi | Xanoy |
34 | ![]() |
![]() |
Gabon – Gabon Respublikasi | Librevil |
35 | ![]() |
![]() |
Gaiti – Gaiti Respublikasi | Port-o-Prens |
36 | ![]() |
![]() |
Gayana – Gayana Kooperativ Respublikasi | Jorjtaun |
37 | ![]() |
![]() |
Gambiya – Gambiya Respublikasi | Banjul |
38 | ![]() |
![]() |
Gana – Gana Respublikasi | Akkra |
39 | ![]() |
![]() |
Gvatemala – Gvatemala Respublikasi | Gvatemala |
40 | ![]() |
![]() |
Gvineya – Gvineya Respublikasi | Konakri |
41 | ![]() |
![]() |
Gvineya-Bisau – Gvineya-Bisau Respublikasi | Bisau |
42 | ![]() |
![]() |
Germaniya – Germaniya Federativ Respublikasi | Berlin |
43 | ![]() |
![]() |
Gonduras – Gonduras Respublikasi | Tegusigalpa |
44 | ![]() |
![]() |
Grenada – Grenada | Sent-Jorjes |
45 | ![]() |
![]() |
Gretsiya – Gretsiya Respublikasi | Afina |
46 | ![]() |
![]() |
Gruziya – Gruziya | Tbilisi |
47 | ![]() |
![]() |
Daniya – Daniya Qirolligi | Kopengagen |
48 | ![]() |
![]() |
Dominika – Dominika Hamdo‘stligi | Rozo |
49 | ![]() |
![]() |
Dominikan Respublikasi – Dominikan Respublikasi | Santo-Domingo |
50 | ![]() |
![]() |
Jazoir – Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi | Jazoir |
51 | ![]() |
![]() |
JAR – Janubiy Afrika Respublikasi | Pretoriya(ma’muriy), Keyptaun(qonunchilik), Blumfonteyn (sudlov) |
52 | ![]() |
![]() |
Janubiy Sudan – Janubiy Sudan Respublikasi | Juba |
53 | ![]() |
![]() |
Jibuti – Jibuti Respublikasi | Jibuti |
54 | ![]() |
![]() |
Zambiya – Zambiya Respublikasi | Lusaka |
55 | ![]() |
![]() |
Zimbabve – Zimbabve Respublikasi | Xarare |
56 | ![]() |
![]() |
Indoneziya – Indoneziya Respublikasi | Jakarta |
57 | ![]() |
![]() |
Iordaniya – Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi | Amman |
58 | ![]() |
![]() |
Irlandiya – Irlandiya | Dublin |
59 | ![]() |
![]() |
Iroq – Iroq Respublikasi | Bag‘dod |
60 | ![]() |
![]() |
Islandiya – Islandiya | Reykyavik |
61 | ![]() |
![]() |
Ispaniya – Ispaniya Qirolligi | Madrid |
62 | ![]() |
![]() |
Isroil – Isroil Davlati | Quddus |
63 | ![]() |
![]() |
Italiya – Italiya Respublikasi | Rim |
64 | ![]() |
![]() |
Kabo-Verde – Kabo-Verde Respublikasi | Praya |
65 | ![]() |
![]() |
Kambodja – Kambodja Qirolligi | Pnompen |
66 | ![]() |
![]() |
Kamerun – Kamerun Respublikasi | YAunde |
67 | ![]() |
![]() |
Kanada – Kanada | Ottava |
68 | ![]() |
Keniya – Keniya Respublikasi | Nayrobi | |
69 | ![]() |
![]() |
Kipr – Kipr Respublikasi | Nikosiya |
70 | ![]() |
![]() |
Kiribati – Kiribati Respublikasi | Janubiy Tarava(Bairiki) |
71 | ![]() |
![]() |
Kolumbiya – Kolumbiya Respublikasi | Bogota |
72 | ![]() |
![]() |
Komor – Komor orollari Ittifoqi | Moroni |
73 | ![]() |
![]() |
Kongo Respublikasi – Kongo Respublikasi | Brazzavil |
74 | ![]() |
![]() |
Kongo Demokratik Respublikasi – Kongo Demokratik Respublikasi | Kinshasa |
75 | ![]() |
![]() |
Koreya Respublikasi – Koreya Respublikasi (Janubiy Koreya – OAVda keng qo‘llaniladigan norasmiy nomi) | Seul |
76 | ![]() |
![]() |
Kosta-Rika – Kosta-Rika Respublikasi | San-Xose |
77 | ![]() |
![]() |
Kot-d’Ivuar – Kot-d’Ivuar Respublikasi | YAmusukro |
78 | ![]() |
![]() |
Kuba – Kuba Respublikasi | G avana |
79 | ![]() |
![]() |
KXDR – Koreya Xalq Demokratik Respublikasi | Pxenyan |
80 | ![]() |
![]() |
Qatar – Qatar Davlati | Doxa |
81 | ![]() |
![]() |
Qirg‘iziston – Qirg‘iz Respublikasi | Bishkek |
82 | ![]() |
![]() |
Qozog‘iston – Qozog‘iston Respublikasi | Ostona |
83 | ![]() |
![]() |
Quvayt – Quvayt Davlati | Al-Quvayt(El-Kuveyt) |
84 | ![]() |
![]() |
Laos – Laos Xalq Demokratik Respublikasi | Ventyan |
85 | ![]() |
![]() |
Latviya – Latviya Respublikasi | Riga |
86 | ![]() |
![]() |
Lesoto – Lesoto Qirolligi | Maseru |
87 | ![]() |
![]() |
Liberiya – Liberiya Respublikasi | Monroviya |
88 | ![]() |
![]() |
Livan – Livan Respublikasi | Bayrut |
89 | ![]() |
![]() |
Liviya – Liviya | Tripoli |
90 | ![]() |
![]() |
Litva – Litva Respublikasi | Vilnyus |
91 | ![]() |
![]() |
Lixtenshteyn – Lixtenshteyn Knyazligi | Vaduts |
92 | ![]() |
![]() |
Lyuksemburg – Lyuksemburg Buyuk Gersogligi | Lyuksemburg |
93 | ![]() |
![]() |
Mavrikiy – Mavrikiy Respublikasi | Port Lui |
94 | ![]() |
![]() |
Mavritaniya – Mavritaniya Islom Respublikasi | Nuakshot |
95 | ![]() |
![]() |
Madagaskar – Madagaskar Respublikasi | Antananarivu |
96 | ![]() |
![]() |
Makedoniya – Makedoniya Respublikasi | Skope |
97 | ![]() |
![]() |
Malavi – Malavi Respublikasi | Lilongve |
98 | ![]() |
![]() |
Malayziya – Malayziya | Kuala-Lumpur |
99 | ![]() |
![]() |
Mali – Mali Respublikasi | Bamako |
100 | ![]() |
![]() |
Maldiv – Maldiv Respublikasi | Male |
101 | ![]() |
![]() |
Malta – Malta Respublikasi | Valletta |
102 | ![]() |
![]() |
Markaziy Afrika Respublikasi – Markaziy Afrika Respublikasi | Bangi |
103 | ![]() |
![]() |
Marokash (Marokko) – Marokash Qirolligi | Rabot |
104 | ![]() |
![]() |
Marshall orollari – Marshall Orollari Respublikasi | Madjuro |
105 | ![]() |
![]() |
Meksika – Meksika Qo‘shma SHtatlari | Mexiko |
106 | ![]() |
![]() |
Mikroneziya Federativ SHtatlari – Mikroneziya Federativ SHtatlari | Palikir |
107 | ![]() |
![]() |
Misr – Misr Arab Respublikasi | Qohira |
108 | ![]() |
![]() |
Mozambik – Mozambik Respublikasi | Maputu |
109 | ![]() |
![]() |
Moldaviya – Moldova Respublikasi | Kishinyov |
110 | ![]() |
![]() |
Monako – Monako Qirolligi | Monako |
111 | ![]() |
![]() |
Mongoliya – Mongoliya | Ulan-Bator |
112 | ![]() |
![]() |
Myanma – Myanma Ittifoq Respublikasi | Neypido |
113 | ![]() |
![]() |
Namibiya – Namibiya Respublikasi | Vindxuk |
114 | ![]() |
![]() |
Nauru – Nauru Respublikasi | mavjud emas |
115 | ![]() |
![]() |
Nepal – Nepal Federativ Demokratik Respublikasi | Katmandu |
116 | ![]() |
![]() |
Niger – Niger Respublikasi | Niamey |
117 | ![]() |
![]() |
Nigeriya – Nigeriya Federativ Respublikasi | Abudja |
118 | ![]() |
![]() |
Niderlandiya – Niderlandlar Qirolligi | Amsterdam |
119 | ![]() |
![]() |
Nikaragua – Nikaragua Respublikasi | Managua |
120 | ![]() |
![]() |
Norvegiya – Norvegiya Qirolligi | Oslo |
121 | ![]() |
![]() |
Ozarbayjon – Ozarbayjon Respublikasi | Boku |
122 | ![]() |
![]() |
Palau – Palau Respublikasi | Ngerulmud |
123 | ![]() |
![]() |
Panama – Panama Respublikasi | Panama |
124 | ![]() |
![]() |
Papua-YAngi Gvineya – Papua Mustaqil Davlati – YAngi Gvineya | Port-Morsbi |
125 | ![]() |
![]() |
Paragvay – Paragvay Respublikasi | Asunson |
126 | ![]() |
![]() |
Peru – Peru Respublikasi | Lima |
127 | ![]() |
![]() |
Pokiston – Pokiston Islom Respublikasi | Islomobod |
128 | ![]() |
![]() |
Polsha – Polsha Respublikasi | Varshava |
129 | ![]() |
![]() |
Portugaliya – Portugaliya Respublikasi | Lissabon |
130 | ![]() |
![]() |
Rossiya – Rossiya Federatsiyasi | Moskva |
131 | ![]() |
![]() |
Ruanda – Ruanda Respublikasi | Kigali |
132 | ![]() |
![]() |
Ruminiya – Ruminiya | Buxarest |
133 | ![]() |
![]() |
Salvador – El-Salvador Respublikasi | San-Salvador |
134 | ![]() |
![]() |
Samoa – Samoa Mustaqil Davlati | Apia |
135 | ![]() |
![]() |
San-Marino – San-Marino Respublikasi | San-Marino |
136 | ![]() |
![]() |
San-Tome va Prinsipi – San-Tome va Prinsipi Demokratik Respublikasi | San-Tome |
137 | ![]() |
![]() |
Saudiya Arabistoni – Saudiya Arabistoni Qirolligi | Ar-Riyod |
138 | Svazilend – Svazilend Qirolligi | Mbabane (rasmiy), Lobamba (qirollik va parlament) |
||
139 | ![]() |
![]() |
Seyshel orollari – Seyshel orollari Respublikasi | Viktoriya |
140 | ![]() |
![]() |
Senegal – Senegal Respublikasi | Dakar |
141 | ![]() |
![]() |
Sent-Vinsent va Grenadina – Sent-Vinsent va Grenadina | Kingstaun |
142 | ![]() |
![]() |
Sent-Kits va Nevis – Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi | Baster |
143 | ![]() |
![]() |
Sent-Lyusiya – Sent-Lyusiya | Kastri |
144 | ![]() |
![]() |
Serbiya – Serbiya Respublikasi | Belgrad |
145 | ![]() |
![]() |
Singapur – Singapur Respublikasi | Singapur |
146 | ![]() |
![]() |
Slovakiya – Slovakiya Respublikasi | Bratislava |
147 | ![]() |
![]() |
Sloveniya – Sloveniya Respublikasi | Lyublyana |
148 | ![]() |
![]() |
Solomon orollari – Solomon orollari | Xoniara |
149 | ![]() |
![]() |
Somali – Somali Respublikasi | Mogadisho |
150 | ![]() |
![]() |
Sudan – Sudan Respublikasi | Xartum |
151 | ![]() |
![]() |
Surinam – Surinam Respublikasi | Paramaribo |
152 | ![]() |
![]() |
Suriya – Suriya Arab Respublikasi | Damashq |
153 | ![]() |
![]() |
Serra-Leone – Serra-Leone Respublikasi | Fritaun |
154 | ![]() |
![]() |
Tayland – Tayland Qirolligi | Bangkok |
155 | ![]() |
![]() |
Tanzaniya – Tanzaniya Qo‘shma Respublikasi | Dodoma(qonunchilik poytaxti), Dor-us-Salom(ma’muriy markaz) |
156 | ![]() |
![]() |
Togo – Togolez Respublikasi | Lome |
157 | ![]() |
![]() |
Tojikiston – Tojikiston Respublikasi | Dushanbe |
158 | ![]() |
![]() |
Tonga – Tonga Qirolligi | Nukualofa |
159 | ![]() |
![]() |
Trinidad va Tobago – Trinidad va Tobago Respublikasi | Port-of-Speyn |
160 | ![]() |
![]() |
Tuvalu – Tuvalu | Funafuti |
161 | ![]() |
![]() |
Tunis – Tunis Respublikasi | Tunis |
162 | ![]() |
![]() |
Turkiya – Turkiya Respublikasi | Anqara |
163 | ![]() |
![]() |
Turkmaniston – Turkmaniston | Ashxobod |
164 | ![]() |
![]() |
Uganda – Uganda Respublikasi | Kampala |
165 | ![]() |
![]() |
Ukraina – Ukraina | Kiev |
166 | ![]() |
![]() |
Ummon – Ummon Sultonligi | Maskat |
167 | ![]() |
![]() |
Urugvay – Urugvay SHarqiy Respublikasi | Montevideo |
168 | ![]() |
![]() |
O‘zbekiston – O‘zbekiston Respublikasi | Toshkent |
169 | ![]() |
![]() |
Fiji – Fiji Orollari Respublikasi | Suva |
170 | ![]() |
![]() |
Filippin – Filippin Respublikasi | Manila |
171 | ![]() |
![]() |
Finlyandiya – Finlyandiya Respublikasi | Xelsinki |
172 | ![]() |
![]() |
Fransiya – Fransiya Respublikasi | Parij |
173 | ![]() |
![]() |
XXR – Xitoy Xalq Respublikasi | Pekin |
174 | ![]() |
![]() |
Xorvatiya – Xorvatiya Respublikasi | Zagreb |
175 | ![]() |
![]() |
Hindiston – Hindiston Respublikasi | YAngi-Dehli |
176 | ![]() |
![]() |
CHad – CHad Respublikasi | Ndjamena |
177 | ![]() |
![]() |
CHernogoriya – CHernogoriya | Podgoritsa |
178 | ![]() |
![]() |
CHexiya – CHexiya Respublikasi | Praga |
179 | ![]() |
![]() |
CHili – CHili Respublikasi | Santyago |
180 | ![]() |
![]() |
SHarqiy Timor – SHarqiy Timor Demokratik Respublikasi | Dili |
181 | ![]() |
![]() |
SHveysariya – SHveysariya Konfederatsiyasi | mavjud emas(de-yure,), Bern(de-fakto) |
182 | ![]() |
![]() |
SHvetsiya – SHvetsiya Qirolligi | Stokgolm |
183 | ![]() |
![]() |
SHri-Lanka – SHri-Lanka Sotsialistik Demokratik Respublikasi | Kolombo |
184 | ![]() |
![]() |
Ekvador – Ekvador Respublikasi | Kito |
185 | ![]() |
![]() |
Ekvatorial Gvineya – Ekvatorial Gvineya Respublikasi | Malabo |
186 | ![]() |
![]() |
Eritreya – Eritreya davlati | Asmera |
187 | ![]() |
![]() |
Eron – Eron Islom Respublikasi | Tehron |
188 | ![]() |
![]() |
Estoniya – Estoniya Respublikasi | Tallin |
Davlat bayrogi, gerbi va madxiyasi davlat suverenitete mazmunini ifodalaydigan davlatning rasmiy ramzlari bo‘lib, ular barkaror, xukukiy tasdiklangan tavsif, konun bilan belgilangan yaratilish va foydalanish tartibiga ega. Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi va Davlat madxiyasi milliy va tarixiy kadriyatlarga aylangan tasviriy obrazlardan tuzilgan bo‘lib, mazmunidan mustakil davlat va jamiyatning irodasi, maksadi va intilishlarni to‘g‘risida umumiy axborot saklanadi.
SHuningdek, Vatikan – Rim papaligi – 1964 yildan buyon BMT huzuridagi doimiy kuzatuvchi maqomini olgan bo‘lsa, Falastin Davlati – 2012 yil 29 noyabrdan BMT huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomiga ega.
konstitutsiyalar davlatning rasmiy nomlari Bundan tashqari, 2 ta davlat tuzilmasi YAngi Zelandiya bilan erkin assotsiatsiyada bo‘lib, bulardan biri: Niue-1974 yildanerkin assotsiatsiya bo‘lmish bu davlat YAngi Zelandiya Qirolligining bir qismi hisoblanadi. Ikkinchisi: Kuk orollari – 1965 yildan erkin assotsiatsiya va YAngi Zelandiya Qirolligining bir qismi hisoblanadi. YAngi Zelandiya ushbu ikki davlat hududini qisman nazorat qiladi, lekin diplomatik munosabatlarda ular tӯla mustaqildir.
SHu bilan birga, qisman tan olingan (BMTning kamida bitta a’zo davlati tomonidan tan olingan) quyidagi davlatlar mavjud:
– Abxaziya;
– Kosovo (BMTning 109 a’zo davlati Kosovoni mustaqil davlat sifatida tan olgan);
– SHimoliy Kipr faqatgina Turkiya tomonidan tan olingan bӯlib, qolgan barcha davlatlar Kipr hukumatini qonuniӣ hukumat sifatida tan olgan;
– Xitoӣ Respublikasi (Tayvan) (22 davlat bilan diplomatik munosabatlar olib boradi);
– Janubiӣ Osetiya;
– Sahro Arab Demokratik Respublikasi (hozirgi kunda SADR
mustaqilligini 59 davlat tan olib, diplomatik aloqa ӯrnatgan bӯlsa, ayrim davlatlar Marokash bu hududga da’vosiini tan olgan).
Ayni chog‘da, dunyoda tan olinmagan davlatlar borligiga ham e’tibor
qaratish lozim:
– Donetsk Xalq Respublikasi (Janubiӣ Osetiya davlati tomonidan qisman tan olingan);
– Lugansk Xalq Respublikasi (Janubiӣ Osetiya davlati tomonidan qisman tan olingan);
– Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi (qisman tan olingan davlatlar bo‘lmish
Abxaziya va Janubiӣ Osetiya tomonidan tan olingan, Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi bahsli hudud hisoblanadi);
– Pridnestrove (qisman tan olingan davlatlar Abxaziya va Janubiӣ
Osetiya tomonidan tan olingan);
– Somalilend.
Va nihoyat, er yuzida aniqlanmagan maqomga ega bo‘lgan hududlar ham bor bo‘lib, Janubiy Sahro – sobiq Ispaniya Sahrosi nomli ispan mustamlakasi,
BMTning 1514-son Deklaratsiyasiga asosan mustaqillikni qӯlga kiritishi kerak edi. Biroq 1975 yilda Deklaratsiyaning 6-qismi buzilib, Marokash va Mavritaniya o‘rtasida ajratilgan, Janubiӣ Sahrodagi urushdan sӯng uning katta qismi Marokash tomonidan anneksiya qilingan, hududining qolgan qismi qisman tan olingan Sahro Arab Demokratik Respublikasi tomonidan nazorat qilinadi.
YAna bir aniqlanmagan maqomga ega bo‘lgan hudud – Ozod Kashmirni esa
hududi o‘z hukumati tomonidan boshqariladigan davlat sifatida Pokiston tan olgan. U Hindiston, Pokiston va Xitoy o‘rtasida bahsli hududlardan biri hisoblanadi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy tillari
BMT rasmiy tillari – ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tillari.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ish tillari
- BMT Kotibiyati ish tillari – ingliz va fransuz tillari.
- BMT Xavfsizlik Kengashi ish tillari – ingliz, arab, ispan, kitay, rus va fransuz tillari.
Xalqaro tashkilotlarning rasmiy tillari
- Evropa Kengashi – ingliz va fransuz tillari.
- SHanxay Xamkorlik Tashkiloti – rus va xitoy tillari.
- Mustaqil Davlatlar Hamdӯstligi – rus tili.
- NATO – ingliz va fransuz tillari. Jahon banki – ingliz tili.
- Interpol – ingliz, fransuz, ispan, arab tillari.
- Afrika Ittifoqi – ingliz, fransuz, arab, suaxili, portugal tillari.
Standartlash bo‘yicha xalqaro tashkilot – ingliz, fransuz va rus tillarida.
Ispolzovannaya literatura
Ellinek G. Pravo sovremennogo gosularstva, T.1: Obщee uchenie o gosudarstve. – SPb, 1908. – S.93.
O‘sha joyda, 93-b,
Unta joyda, 94-6.
O‘sha joyda, 95-b.
Nomlanish yo‘llari ushbu asarda keltirilgan: Ageeva R.A. Stranы i narodы: Proisxojdenie nazvaniy.
– M., 1990. – S. 166-173 .