Dunyo Konstitutsiya: Barkarorlik Va Rivojlanish

Konstitutsiya Barkarorlik Va Rivojlanish Konstitutsiya

Konstitutsiya: Barkarorlik Va Rivojlanish

Konstitutsiya Barkarorlik Va Rivojlanish: Konstitutsiya konunchilikning chukkisi sifatida xukukning boshka soxalari – tabiiy, xalkaro xukuk va odat xukuki, xukuk nazariyasi birlashadigan uziga xos makon xisoblanadi. Unda insonning tabiiy xukuklari mustaxkamlab kuyilishi Konstitutsiya bilan tabiiy xukuk urtasidagi uzviy alokadorlikdan dalolat beradi, Konstitutsiyada uz aksini topgan konstitu siyaviy goya va nazariya larda xukuk doktri nasi, xukukiy goyalar tizimi xukukning uziga xos manbai sifatida namoen buladi.

Bu qiziq: «Konstitutsiyaviӣ Huquq» Tushunchasi: SHakllanishi Varivojlanishi

Yaponiya Konstitutsiyasi asl nusxasining birinchi beti.
Yaponiya Konstitutsiyasi asl nusxasining birinchi beti.

Maxalliy uzini uzi boshkarish, uz faoliyatini mustakil tashkil etip tugrisidagi normalar va ma’naviy- 4xukukiy koidalar xamda odatlarda Konstitutsiya bilan odat xukuki, shu jumladan izchil rivojlanayottan zamonaviy odat xukuki urtasidagi yakin alokadorlik kuzga tashlanadi.

Konstitutsiyaning xalkaro xukuk, xalkaro siyosat va xalkaro munosabatlarga doir normalari esa Konstitutsiyaning milliy xukukning yana bir pogonasi – xalkaro xukuk 6ilan uzaro boglikligining yakkol ifodasidir Konstitutsiya Barkarorlik Va Rivojlanish

Barkaror tarakkiyot tushunchasi juda keng bulib, xam ilgor va xam konservativ siyosatni birdek uzida mujassam etishi mumkin. Aslida, konservatizm – barkaror tarakkiyotning jixatlaridan, kirralaridan biri, barkaror tarakkiyotni ta’minlash uchun zarur buladigan extimoliy vositalar majmualaridandir.

Mumtoz ingliz va dunyo konservatizmi namoyandasi Edmund Byork ta’biri bilan aytganda, «shaklan uzgarib turishga layokatli bulmagan davlat uzini saklab kolishga xam kodir emas». Eki bulmasa, ingliz yozuvchisi S.Batler ta’kidlaganidek, «uzgarishlar – uzgarib turgan sharoitlarda eng uzgarmas vokelikdir». Kolaversa, italiyalik adib J.T.Lampeduza6 kayd etganidek,

«Hammasi eskicha holatda qolishi uchun ham hamma narsa o‘zgarishi lozim».

SHu ӯrinda xorijiy davlatlar konstitutsiyalarining internatsionalizatsiyalashuvi, ya’ni baynalmilallashuvi jarayoni haqida qisqacha tӯxtalish maqsadga muvofiqdir. Bu jarayon, birinchidan, muayyan mamlakatda mavjud bo‘lgan konstitutsiyaviy huquq institutlarining boshqa bir mamlakat konstitutsiyaviӣ huquq-tartibottizimiga kirib kelishida namoyon bo‘ladi. Buning natijasida har ikki mamlakatning tegishli institutlari o‘rtasida o‘xshashlik va uyg‘unlik yuzaga keladi. Ikkinchidan, xalqaro huquq institutlarining konstitutsiyaviy huquqqa ta’sir ko‘rsatishi tufayli «tenglashish»ga, ya’ni o‘zaro o‘xshash normalar paydo bo‘lishiga erishiladi.

Tomas Jefferson (1743-1826) - amerikalik siyosatchi va davlat arbobi
Tomas Jefferson (1743-1826) – amerikalik siyosatchi va davlat arbobi, AQSH Mustaqillik deklaratsiyasi muallifi hamda mamlakatning 1801-1809 y yillardagi uchinchi Prezidenti.

Birinchi holatda baynalmilallashtirish jarayoni natijalari, xususan, aksariyat konstitutsiyalarda aynan bir xil tushunchalar turkumi qo‘llanilishi va qaysidir hujjatlardan muayyan institutlarning to‘laligicha o‘zlashtirib olinishi misolida ko‘rinadi. Bunda, albatta, tegishli mamlakatning milliy qiyofasi, tarixiy, milliy, huquqiy qadriyatlari bilan bog‘liq o‘ziga xos jihatlarni saqlab qolishga ham harakat qilinadi.

Konstitutsiya Barkarorlik Va Rivojlanish Xorijiy konstitutsiyalarni baynalmilallashtirishning ikkinchi holati bir qadar boshqacha yo‘sinda kechadi. Avvalo, ba’zi hollarda muayyan mamlakatning konstitutsiyasini ta’sis etish jarayoni boshqa bir davlat yoki xalqaro hamjamiyatning to‘g‘ridan-tӯg‘ri ta’sir kuchi ostida amalga oshirilishi holati ham yuz berishi mumkin. YAponiyaning 1947 yilgi Konstitutsiyasi bunga yaqqol misoldir. Binobarin, ushbu Konstitutsiyani yaratishda AQSH taklif etgan «Makartur Konstitutsiyasi» matni asos sifatida olingan bo‘lib, bu hujjat YAponiyadagi Amerika harbiy qӯshinlarining bosh qӯmondoni nomi bilan yuritilgan.

Dunyo mamlakatlarning konstitutsiyaviy huquqiga, shubhasiz, xalqaro tashkilotlar, birinchi navbatda, Evropa Kengashi, jumladan, Inson huquqlari bo‘yicha Evropa sudi vositasida ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu Sud inson huquqlari buzilishiga doir ishlarni kӯrib chiqishda 1950 yilgi Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi konvensiya va unga qo‘shimcha protokollar talablariga tayangan holda chiqaradigan qarorlar, garchand ular Evropa Kengashiga a’zo-davlatlarning konstitutsiyalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aks etmasa-da, bu davlatlar tomonidan tegishli xalqaro normalarning talqin qilinishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. A’zo-davlatlar, shuningdek, ushbu xalqaro tashkilot hujjatlariga tayanib ish ko‘radi, bu hujjatlar ularning milliy huquq institutlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Konstitutsiyaning tom ma’nodagi mazmun-mohiyatini belgilab beradigan asoslardan biri – bu uning iqtisodiyot bilan bog‘liq qismidir. Konstitutsiya ijtimoiy hayotning barcha muhim sohalarini, shu jumladan, iqtisodiyot sohasini ham tartibga soladi. Ayni chogda, konstitutsiyaviy huquq fanining hozirgi holati (xuddi ilgarigidek) u yoki bu konstitutsiyaviy normalarning samaradorligi borasida real iqtisodiy bashorat qilish imkonini bermaydi.

Konstitutsiyada, xuddi nota daftaridagi singari, allaqachon ma’lumu mashhur bo‘lgan musiqiy asarning yangi aranjirovkasi yoki davlat organlarining tuzilmasi, vazifalari, ular o‘rtasidagi muvozanatni saqlab turish to‘g‘risida ayni mavzudagi yangi asar yozib qo‘yiladi. Davlat orkestri konstitutsiyada yozilgan ana shu siyosiy- huquqiy simfoniyani dirijyor – davlat boshlig‘i rahnamoligida ijro etadi.

Gans Kelzen (1881-1973) - avstriya-amerika huquqshunosi va faylasufi
Gans Kelzen (1881-1973) – avstriya-amerika huquqshunosi va faylasufi, Avstriya Konstitutsiyaviy sudining birinchi raisi.

AQSHning uchinchi Prezidenti, Qo‘shma SHtatlarning «Mustaqillik deklaratsiyasi» muallifi Tomas Jefferson qayd etganidek: «SHunday odamlar borki, ular Konstitutsiyaga o‘ta ilohiy bir izzat-ikrom bilan qaraydi va bu huquqiy hujjatni bamisoli muqaddas kitoblarda tilga olingan ibodat buyumlari saqlanadigan sirli sandiq deb hisoblaydi-haddan ortiq darajada muqaddaslashtirish esa unga qo‘l tegizishlariga yo‘l bermaydi. Bunday odamlar o‘tgan zamonlardagi kishilarning donishmandligi bugungi insonlarga xos emas, shu bois ajdodlar yaratib kettan narsalarni qanday darajada bo‘lmasin tuzatish yoki to‘ldirish mumkin bo‘lmagan ish deb hisoblaydilar… Men, albatta, konstitutsiyalarga tez-tez va ko‘pincha o‘zini amalda oqlamaydigan o‘zgartirishlar kiritaverish tarafdori emasman. Menimcha, ularning juz’iy nuqsonlariga chidam bilan yondashgan maqbul… Ammo, shunga ham aminmanki, qonunlar va inson bilan bog‘liq institutlar insoniyat tafakkurining izchil rivojlanish jarayonlari bilan baravar qadam tashlashi shart».

Konstitutsiya Barkarorlik Va Rivojlanish Huquqiy islohotlar, etarlicha asoslar bo‘lmagan taqdirda, o‘tmish bilan kelajak o‘rtasidagi munosabatlarni, huquqning vorisiyligi, ya’ni izchilligini uzib qo‘ymasligi kerak. Boshqacha ayttanda, «har bir islohotchining ichida ehtiyotkor konservator o‘tirishi va muttasil ravishda: «Hozircha yomon ishlamayotgan narsani buzma, oldin yangisining eskisiga nisbatan ustun ekaniga ishonch hosil qil», deganga o‘xshash sergaklikka undovchi maslahatlarni berib turishi darkor».

SHu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining o‘z vaqtida juda mashhur bo‘lgan «YAngi uy qurmay turib, eskisini buzmang»5, degan da’vatini ham eslatish lozim. I.A.Karimov mustaqillikning dastlabki davrida o‘zi ilgari surgan bu g‘oyani shunday izohlagan: «Har qanday holda ham biz o‘zimizni boqib, to‘ydirib kelgan narsalarni vayron qilishga berilib ketishga haqqimiz yo‘q. Biz birdaniga eski qonunlarni tan olmay qo‘ydik, yangilari esa hali yo‘q. Paydo bo‘lganlari ham mutlaqo amal qilmayapti… Qonun hamma narsadan ustun turishi kerak».

Strategik nuqtai nazardan murosasiz bo‘lish lozim. Taktikada esa Kurt Vonnegut o‘z adabiy qaxramoni Billi Piligrim tilidan aytgan mana bu duodan foydalangan maqbul: «Xudoyim, menga shunday ruhiy xotirjamlik berginki, toki o‘zgartirish qo‘limdan kelmaydigan narsalarni qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilay, mardlik ato et – to qo‘limdan keladigan narsani o‘zgartirishga jur’atim etsin va aql-farosatdan qismaginki, yaxshini yomondan ajrata olish fazilati meni hech qachon tark etmasin».

Dunyo konstitutsiyalari vaqtincha, ya’ni amal qilish muddati muayyan vaqt bilan cheklangan va doimiy, demakki cheklanmagan muddatga amal qiladigan bo‘lishi mumkin. Albatta, yuridik nuqtai nazardan cheklanmagan amal qilish muddati belgilanishi bu hujjatlarning «abadiy» ekanini anglatmaydi, balki qonun chiqaruvchining uni qabul qilish paytidagi niyatini bildiradi, xolos.

1791 yildagi Fransiya Konstitutsiyasi muqovasi.
1791 yildagi Fransiya Konstitutsiyasi muqovasi.

Dunyoda, ayniqsa, Lotin Amerikasi mamlakatlarida «konstitutsiyabozlik o‘yini», ya’ni bu boradagi bekarorlik odatiy xol xisoblanadi. Bu mintaqada aksariyat konstitutsiyalarning almashtirilishi asosan xarbiy to‘ntarishlar asosida yuz berganini kuzatish mumkin, Masalan, XX asrning 60-yillari o‘rtalarida Boliviyada – 20 ta, Kolumbiyada – 11 ta, Dominika Respublikasida – 15 ta, Gaitida – 23 ta, Venesuelada – 22 ta, ya’ni ushbu davlatlar o‘zlari mavjud bo‘lib turgan davr mobaynida shunchadan konstitutsiyalarga ega bo‘lgan.

Tahlillarga qaraganda, 1789 yildan hozirgi kunga qadar dunyoda 3500 tadan ortiq konstitutsiya qabul qilingan bo‘lib, aksariyat demokratik konstitutsiyalar hatto «balog‘at yoshi»ga ham etib kelmagani kuzatiladi. Bu konstitutsiyalarning o‘rtacha umri 17 yilni tashkil qilgan, xolos. Modomiki, ushbu ko‘rsatkich, ya’ni demokratik konstitutsiyalar umrining o‘rtacha davomiyligi Birinchi jahon urushigacha 21 yil bo‘lgan, keyingi davrda esa 12 yilga tushib ketgan.

Lotin Amerikasi mamlakatlarida Konstitutsiyaviy sud singari turli konstitutsiyaviy huquq organlari bilan bir qatorda «amparo» (amparo) protsedurasi keng tarqalgan. Ahamiyatlisi, XX asr oxirida Meksikada paydo bo‘lgan ushbu institut tez orada AQSHdan janub tomonda joylashgan deyarli barcha mamlakatlar tomonidan qabul qilingan, «Amparo» instituti o‘zining nihoyatda ko‘p va turlicha modifikatsiyalariga ega. Jumladan, Braziliyaning 1988 yilgi Konstitutsiyasida habeas corpus, habeas data, mandato de seguranca kabi bir qator demokratik institutlar ko‘zda tutilgan.

XX asrning atoqli yuristi G.Kelzen2 (1881-1973) o‘zining «Huquqning sof nazariyasi»(«Reine Rechtslehre») asarida ikkita tenglik – «qonun oldidagi tenglik» va «qonundagi tenglik»ni ajratib ko‘rsatgan. Konstitutsiya Barkarorlik Va Rivojlanish Birinchi holatda «huquqni qo‘llaydigan organlar faqat qonunlarda aks etgan va qo‘llash kerakligi kӯzda tutilgan qoidalargagina tayanib ish tutish huquqiga ega bo‘lib, bunda tengliҡ, odatda, har qanday huquqiӣ tartibotga xos bo‘lgan umumiy tamoyil, ya’ni huquqni qo‘llash muntazamligi prinsipining amal qilishi misolida namoyon bo‘ladi». Ikkinchi holatdagi tenglik qonun chiqaruuvchiga taalluqli bo‘lib, bitta qonunning mazmun-mundarijasida «irqiy, diniy mansublik, ijtimoiy yoki mulkiy holat bo‘yicha muayyan farqlardan kelib chiqqan holda, turlicha yondashuvlar»3ga yo‘l qo‘yilishini taqiqlash maqsadini ko‘zlaydi.

Rossiya Fanlar Akademiyasining akademigi, yuridik fanlar doktori
Rossiya Fanlar Akademiyasining akademigi, yuridik fanlar doktori, professor T.YA. Xabrievaning «Hozirgi zamonda Konstitutsiyaviy islohot» nomli kitobi, Moskva, 2017 yil.

Inson qachondan boshlab yashash huquqiga ega bo‘ladi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bu borada dunyo miqyosida ikkita asosiy nuqtai nazar mavjud bo‘lib, ulardan birinchisiga ko‘ra – yashash huquqi homila paydo bo‘lgan vaqtdan, ikkinchisiga binoan esa bola tug‘ilgan paytdan boshlanadi.

YAshash huquqi bilan bog‘liq bir qancha huquqiy institutlardan ayrimlari bu huquqni qandaydir jihatdan cheklashga qaratilgan bo‘lsa, ayrimlari hayotga butunlay nuqta qo‘yishni kӯzda tutadi. Bulardan eng asosiysi – o‘lim jazosidir. Hozirgi zamon xalqaro huquqi o‘lim jazosining universal va mintaqaviy darajada ham qo‘llanilishiga nisbatan salbiy yondashadi.

«Osiyo davlatlari Konstitutsiyalari», Moskva, 2010
«Osiyo davlatlari Konstitutsiyalari», Moskva, 2010; mas’ul muharrir akademik t.YA.Xabrieva. Uch jilddan iborat ushbu to‘plam Osiyo qit’asi mamlakatlari Konstitutsiyalari matni va ularga sharhlardan iborat.

Fransiyaning 1789 yilda qabul qilingan va amaldagi Konstitutsiyasining tarkibiy qismi hisoblanuvchi Inson va fuqaroning huquq hamda erkinliklari deklaratsiyasining 4-moddasida qayd etilganidek: «Erkinlik – boshqaga zarar etmaydigan istalgan ishni qilish imkoniyatidir: shutariqa, har bir insonning tabiiy huquqlarini rӯyobga chiqarish imkoniyatlari jamiyatning boshqa a’zolari ayni shu huquqlarini rӯyobga chiqarishlarini ta’minlaydigan imkoniyatlar chegarasigachagina davom etadi. Bu chegaralar faqat qonun bilan belgilanadi».

«Amerika davlatlarining Konstitutsiyalari», Moskva,
«Amerika davlatlarining Konstitutsiyalari», Moskva, 2006; mas’ul muharrir akademik T.YA.Xabrieva, Ushbu to‘plam uch jilddan iborat bo‘lib, 35 ta mamlakat Asosiy Qonunlarini o‘zida jamlagan.

SHaxsiy hayotga bo‘lgan huquq yoki shaxsiy hayotning daxlsizligi huquqi xalqaro huquqda – universal darajada 1966 yilgi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 17-moddasida3, mintaqaviy darajada esa 1950 yilgi Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi konvensiyaning 8-moddasida* mustahkamlab qo‘yilgan. SHaxsiy hayotga bo‘lgan huquq deganda, shaxsiy hayotga davlat organlari mansabdorlari va boshqa shaxslarning aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligi nazarda tutiladi. Albatta, qonunda belgilab qӯyilgan aniq holatlar bundan mustasnodir. Insonning biologik jihatdan mavjudligini davom ettirish, sodda qilib aytganda, risoladagidek oila qurish va nasl qoldirish bilan bog‘liq huquqi ham shaxsiy hayotga bo‘lgan huquq, demakdir.

SHaxsiy hayotga bo‘lgan huquqning Evropada birinchilardan bo‘lib tan olinishiga misol sifatida 1858 yili Sena shahri departamenti fuqarolik ishlari bo‘yicha tribunali tomonidan artist Rashelga (Rachel) nisbatan ko‘rilgan sudlov ishini keltirish mumkin. O‘shanda tribunal ushbu mashhur qiziqchining o‘lim to‘shagida paytida ishlangan portreti chop etilganini qoralab chiqqan.

Prokurorning fikricha, «Artistning o‘z kasbiy ahamiyatiga kӯra qanchalik mashhur ekanidan, har qanday insonning tarixda qanday o‘rin egallaganidan qat’i nazar, ularning barchasi ijtimoiӣ hayotidan farq qiladigan o‘z shaxsiy hayotiga, sahna va anjumanlardan alohida bo‘lgan ӯz uy-rӯzg‘origa ega». Ana shu voqeadan so‘ng oradan o‘n yil o‘tib, 1868 yil 11 mayda qabul qilingan Qonunning 11-moddasida:

«shaxsiy hayotga doir dalillarning davriy matbuotda har qanday tarzda e’lon qilinishi jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi va bunday jinoyat uchun 500 frank miqdorida jarima qo‘llaniladi», degan norma mustahkamlab qo‘yilgan.

Inson huquq va erkinliklarini kafolatlash masalasi Evropaning dastlabki konstitutsiyalaridayoq nazarda tutilganini ta’kidlash o‘rinlidir.

Xususan, 1789 yilgi Inson va fukaroning xukuk xamda erkinliklari deklaratsiyasining 16-moddasida «Hukuklardan foydalanish ta’minlanmagan xar kanday jamiyatda…

Konstitutsiya mavjud emas», deb kayd etilgan.

 Taxlillarg‘a karaganda, 1789 yildan xozirgi kunga kadar dunyoda 3.500 tadan ortik konstitutsiya kabul kilingan bo‘lib, aksariyat demokratik konstitutsiyalar xatto «balog‘at yoshi»ga xam etib kelmagani kuzatiladi. Bu konstitutsiyalarning o‘rtacha umri 17 yilni tashkil kilgan, golos, Modomiki, ushbu ko‘rsatkich, ya’ni demokratik konstitutsiyalar umrining o‘rtacha davomiyligi Birinchi jaxon urushigacha 21 yil bo‘lgan, keyingi davrda esa 12 ilga tushib ketman.

Rate article
Add a comment